Asosiy -> Yangiliklar -> O`zbekiston yangiliklari -> KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA STATISTIK TADQIQOTLAR INSTITUTIDA DOKTORANT (DSc), TAYANCH DOKTORANT (PhD) VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR UCHUN MALAKAVIY IMTIHONLAR TASHKIL ETILDI

KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA STATISTIK TADQIQOTLAR INSTITUTIDA DOKTORANT (DSc), TAYANCH DOKTORANT (PhD) VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR UCHUN MALAKAVIY IMTIHONLAR TASHKIL ETILDI

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yining 22-noyabr kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida Oliy ta’limdan keyingi ta’limning doktorant (DSc), tayanch doktorant (PhD) va mustaqil izlanuvchilari uchun 08.00.06-Ekonometrika va statistika hamda 08.00.14-Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari ixtisosliklari bo’yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihonlar tashkil etildi.

    Imtihon jarayayonlari Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2022-yil 10-noyabrdagi 9-sonli buyrug’iga asosan O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tarkib ishtirokida, belgilangan tartibda Nizom talablariga muvofiq o‘tkazilidi hamda shaffoflikni ta’minlash maqsadida imtihon o‘tkaziladigan xonalarda jarayonlar videokuzatuv ostida olib borildi.




  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: