Asosiy -> Yangiliklar -> O`zbekiston yangiliklari -> Davlat boshqaruvi organlari iqtisodchi xodimlari uchun mo‘ljallangan «Statistika asoslari» o‘quv kursi tashkil etilganligi to‘g‘risida

Davlat boshqaruvi organlari iqtisodchi xodimlari uchun mo‘ljallangan «Statistika asoslari» o‘quv kursi tashkil etilganligi to‘g‘risida

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ - 4796 -sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 84 - bandi bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida «Statistika asoslari» bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan edi.


    Davlat rahbarining yuqorida qayd etilgan qarori talabini 2023 yilda bajarilishini tizimli tashkil etish maqsadida, «Statistika asoslari» bo‘yicha 20 soatlik maxsus o‘quv kursi ishlab chiqildi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining direktori tomonidan 2023 yil 12 yanvar kuni “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ - 4796 -sonli qaroriga muvofiq 2023 yilda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda korxonalar va tashkilotlar iqtisodchi xodimlari uchun shartnoma asosida “Statistika asoslari” kursini tashkil etish va o‘tkazish reja – jadvali” tasdiqlangan bo‘lib, unga asosan shu yilning yanvar – fevral oylarida respublika vazirliklari va idoralarining iqtisodchi xodimlarini o‘qitish belgilangan.

Mazkur tasdiqlangan reja – jadvalga muvofiq, 2023 yil 15 - 17 fevral kunlari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan quyidagi vazirliklar iqtisodchi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi:

1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3. Tog‘ – kon sanoati va geologiya vazirligi

4. Adliya vazirligi

5. Mudofaa vazirligi

6. Sog‘liqni saqlash vazirligi

7. Tashqi ishlar vazirligi

8. Ichki ishlar vazirligi

9.  Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

11. Madaniyat va turizm vazirligi

12. Yoshlar siyosati va sport vazirligi

13. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

14. Tabiat resurslari vazirligi.


O’quv kursi mashg‘ulotlari Statistika agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq va maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida tashkil etilgan va o‘tkazilmoqda. O’z navbatida, kurs ishtirokchilari o‘tilgan mashg‘ulotlar bo‘yicha elektron shaklda ma’ruza matnlari, taqdimot va tegishli tarqatma materiallari bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, kurs yakuni bilan uning ishtirokchilariga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.

 

O’quv kursining borishi to‘g‘risida fotomateriallar.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: