Asosiy -> Yangiliklar -> O`zbekiston yangiliklari -> Innovatsion rivojlanish vazirligida «Global innovatsion indeks-2022: O’zbekiston tajribasi» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi

Innovatsion rivojlanish vazirligida «Global innovatsion indeks-2022: O’zbekiston tajribasi» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi

«InnoWeek.Uz-2022» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida joriy yilning 19 oktabr kuni «Global innovatsion indeks-2022: O’zbekiston tajribasi» mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda, institut jamoasi hamda ilmiy ishlar,  innovatsiyalar va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.S. Qahhorov ishtirok etdi.



Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi.

– O’zbekiston Global innovatsion indeksda 2015 yilda 141 ta davlat orasidan 122-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2022 yilda 131 ta davlat orasida 40 pog‘onaga yuqorilab, 82-o‘rinni egalladi hamda Markaziy Osiyoning yetakchisiga aylandi va Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari orasida Hindiston va Erondan keyin 3-o‘rinni egalladi, – dedi Innovatsion rivojlanish vaziri.


Forumning faxriy mehmonlari bo‘lgan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) vakillari onlayn va oflayn rejimda qatnashdilar. Forumda BIMT Iqtisodiyot va statistika bo‘limi rahbari, GII hammuharriri prof. Sasha Vunsh-Vinsent (Shveysariya) O’zbekistonning GII 2022 natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazib, O’zbekiston ilm-fan va innovatsiyalarning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgani, shuningdek, global reytingda o‘tgan yilgi o‘rnidan 4 pog‘ona yuqorilagani – bu mamlakatda olib borilayotgan ochiqlik siyosati, ilm-fanga berilayotgan e’tibor hamda innovatsion salohiyatni yaxshilashga qaratilgan ishlarning natijasi ekanligini alohida ta’kidladi.


Forumda, shuningdek, BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining Iqtisodiy hamkorlik va savdo bo‘limi direktori Elizabet Tyurk «Innovatsion rivojlanish sohasida hamkorlik» mavzusidagi videomurojaati, BIMTning rivojlangan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari bo‘limi direktori Xabip Asan «Turkiyadagi innovatsiyalar» mavzusidagi ma’ruzasi (Shveysariya) hamda Hukumat innovatsiyalari markazi direktori, Imkoniyatlar bo‘yicha Imkoniyatlar vazirligi direktori Abir Taxlak Muhammad bin Rashid (BAA, Dubay) o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.


Xorijiy mutaxassislar hozirgi kunda global miqyosda innovatsiyalarga bo‘lgan talab keskin oshgan bir davrda O’zbekiston hukumatining innovatsion ekotizimni yaratishga bo‘lgan e’tiborini yuqori baholadi.


Ushbu forum tadbir ishtirokchilarida innovatsiyalar va muvaffaqiyatli tajriba almashish borasida katta taassurot qoldirdi.




  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: