Asosiy -> Yangiliklar -> O`zbekiston yangiliklari -> KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA STATISTIK TADQIQOTLAR INSTITUTIDA OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM INSTITUTINING 2023-YIL QABULI UCHUN TAYANCH DOKTORANTURA (PhD), DOKTORANTURA (DSc), STAJYOR-TADQIQORCHI VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIK INSTITUTIGA KIRISH UCHUN IMTIHON HAMDA SUHBAT JARAYONLARI TASHKIL ETILDI!

KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA STATISTIK TADQIQOTLAR INSTITUTIDA OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM INSTITUTINING 2023-YIL QABULI UCHUN TAYANCH DOKTORANTURA (PhD), DOKTORANTURA (DSc), STAJYOR-TADQIQORCHI VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIK INSTITUTIGA KIRISH UCHUN IMTIHON HAMDA SUHBAT JARAYONLARI TASHKIL ETILDI!

    2022-yilning 20-dekabr kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutining 2023-yil qabuli uchun belgilangan grafik asosida tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), stajyor-tadqiqorchi va mustaqil izlanuvchilik institutiga kirish imtihon hamda suhbat jarayonlari tashkil etildi. Imtihon hamda suhbat jarayonlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PF-4454-sonli Farmoyishi, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 304-sonli Qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-noyabrdagi 01-10/6655-sonli xati hamda institutning 2022-yil 16-dekabrdagi 45-sonli buyrug’iga asosan 2 ta ixtisosliklar kesimida 13 nafar talabgorlar uchun tashkil etildi.



   Kirish imtihonlari va suhbat jarayonlari belgilangan jadval asosida real vaqt rejimida barcha talabgorlar va jamoatchilik e’tiboriga taqdim etish hamda imtihonda osoyishtalikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv ostida to’gridan-to’gri  (https://camera.uz/) onlayn translatsiya qilindi va ZOOM platformasida yozib olindi.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: