Asosiy -> Yangiliklar -> Qo`mita yangiliklari -> E`LON !!! Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi boʼlgan talabgorlar diqqatiga!

E`LON !!! Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi boʼlgan talabgorlar diqqatiga!

    Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va  mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi boʼlgan talabgorlar diqqatiga!


Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga muvofiq, 2023 yil 1-chorak uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va  mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlandi. Hujjatlar joriy yilning 15 sentabridan 15 oktabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

- tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

- doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;


TAYANCH DOKTORANTURA (PhD) va DOKTORANTURA (DSc) QABULI QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO’YICHA AMALGA OSHIRILADI

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish uchun)

08.00.06 – Ekonometrika va statistika

08.00.14 -  Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari

Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.


MUSTAQIL IZLANUVCHILIK (PhD va DSc) QABULI QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO’YICHA AMALGA OSHIRILADI

(ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qish uchun)

08.00.06 – Ekonometrika va statistika

08.00.14 -  Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari

stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

Hujjat topshirish vaqtida tug‘iladigan savollarga t.me/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.


Eslatma:Hujjatlar Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining qabul komissiyasi tomonidan 2022 yilning 15 oktabrigacha boʼlgan davrda Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali qabul qilinadi.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: