Asosiy -> Yangiliklar -> Qo`mita yangiliklari -> MUVAFFAQIYATI ILMIY HIMOYALAR HAFTALIGI

MUVAFFAQIYATI ILMIY HIMOYALAR HAFTALIGI

    Joriy yilning 4-noyabr kuni soat 14:00 da Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashda Toshkent moliya instituti mustaqil izlanuvchisi Arziqulov Otabek Ali o‘g‘lining 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligida “Kichik korxona va mikrofirmalar faoliyati samaradorligining statistik tqdqiqoti (Jizzax viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining onlayn va oflayn himoyasi tashkil etildi. Dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Institut jamoasi mustaqil izlanuvchisi Arziqulov Otabek Ali o‘g‘lini, uning oila a’zolari hamda ilmiy rahbari i.f.d., prof. Z.H. Toshmatovni muvavaffaqiyatli dissertatsiya himoyasi bilan tabriklab, keyingi ilmiy izlanishlariga omad tilab qoladi!


    Shuningdek, Ilmiy kengash tomonidan Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti  (PhD) Aysachev Abdulfotix Abdulfaizovichning 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligida “Qishloq ho‘jaligining ishlab chiqarish samaradorligini statistik baholash (Andijon viloyati misolida)” (ilmiy rahbar: i.f.d., prof. U.A. Madraximov) mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi; 


    Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tayanch doktoranti (PhD) Anorboyeva Baxtijamol Daniyar qizining 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligida “Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari iqtisodiy faoliyatini statistik tadqiqoti (Toshkent viloyati misolida)” (ilmiy rahbar: i.f.n., dots. A.Dj. Siddiqov) mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi;


    Toshkent Moliya instituti mustaqil izlanuvchisi Urunov Ravshanbek Sadullayevichning 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligida “Zaqamli iqtisodiyot sharoitida hududlarning barqaror rivojlanishini statistik modellashtirish (Toshkent shahri misolida)” (ilmiy rahbar: i.f.d., prof. Z.X. Toshmatov) mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishilari himoya uchun qabul qilindi hamda rasmiy opponent va yetakchi tashkilotlari belgigandi.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: