Asosiy -> Yangiliklar -> E'lonlar -> An’anaviy o‘qitish shaklida 2023 yilning fevral oyida tashkil etilgan o‘quv kurslarining yakunlangani to‘g‘risida

An’anaviy o‘qitish shaklida 2023 yilning fevral oyida tashkil etilgan o‘quv kurslarining yakunlangani to‘g‘risida

     2022 yil 20 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2023 yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning fevral oyida tashkil etilgan quyidagi o‘quv kurslari yakunlandi:

 


- “Narx kuzatuvlarini tashkil etish va o‘tkazish uslubiyoti va amaliyoti” (tuman va shahar statistika bo‘limlarining narx kuzatuvlariga biriktirilgan xodimlari uchun) - 2 - 8 fevral, 20 - 25 fevral;

- “Uy xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvni tashkil etish va o‘tkazish uslubiyoti va amaliyoti” (hududiy statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limlari mutaxassislari -  intervyuyerlar uchun) - 6 - 11 fevral, 22 - 28 fevral; 

- “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt” (hududiy  statistika boshqarmalarining yangi ishga kirgan va axborot – kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha sertifikat va guvohnomaga ega bo‘lmagan, shuningdek, mazkur o‘quv kursini o‘tamagan barcha toifadagi xodimlari uchun) -  9 - 21 fevral;

- “Milliy hisoblar tizimi” (Statistika agentligining bo‘lim boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari  uchun) -  20 -  25 fevral.

Mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat berildi.

 

O’quv – uslubiy ishlar bo‘limi



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: