Asosiy -> Yangiliklar -> E'lonlar -> An’anaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2023 yilning mart oyida tashkil etiladigan o‘quv kurslari to‘g‘risida

An’anaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2023 yilning mart oyida tashkil etiladigan o‘quv kurslari to‘g‘risida

        2022 yil 20 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2023 yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning mart oyida quyidagi o‘quv kurslari tashkil etiladi:


         1. Masofaviy (onlayn) o‘qitish shaklida:

 - “Statistika asoslari” (tuman va shahar statistika bo‘limlarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) - 20 - 31 mart.

         2. An’anaviy o‘qitish shaklida:

- “Narx kuzatuvlarini tashkil etish va o‘tkazish uslubiyoti va amaliyoti” (hududiy statistika boshqarmalarining narx statistikasi bo‘limlari xodimlari uchun) - 1 - 7 mart;

- “Zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt(tuman va shahar statistika bo‘limlarining yangi ishga kirgan va axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha sertifikatga va guvohnomaga ega bo‘lmagan, shuningdek, mazkur o‘quv kursini o‘tamagan xodimlari uchun) - 2 - 15 mart;

- “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar va ularning statistikada ifodalanishi(Statistika agentligining bo‘lim boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari uchun) –  13 - 18  mart;

-  “Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” (Statistika agentligi markaziy apparati va hududiy statistika organlarining tayanch oliy ma’lumoti statistika va iqtisodiyot bo‘lmagan barcha toifadagi xodimlari uchun) - 23 mart -24 iyun.

 

O'quv – uslubiy ishlar bo‘limi



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: