Asosiy -> Kurslar -> O`zbekiston yangiliklari -> Anʼanaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2022 yilning sentyabr oyida tashkil etilgan o‘quv kurslarining yakunlangani to‘g‘risida

Anʼanaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2022 yilning sentyabr oyida tashkil etilgan o‘quv kurslarining yakunlangani to‘g‘risida

    2021 yil 20 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022 yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning sentyabr oyida davlat statistika organlari xodimlari uchun tashkil etilgan quyidagi o‘quv kurslari yakunlandi:

1. Masofaviy (onlayn) o‘qitish shaklida:

- “Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari” (tuman va shahar statistika bo‘limlari bosh va yetakchi  mutaxassislari uchun) - 5 – 16 sentyabr.     

2. Anʼanaviy o‘qitish shaklida:

Tanlanma  kuzatuv: nazariya, uslubiyot va amaliyot” (hududiy statistika boshqarmalarining yetakchi va birinchi toifali mutaxassislari uchun) - 5 - 16 sentyabr;

- “Statistik tahlilda amaliy – dasturiy paketlardan (“Statistika”, “SPSS”, “Eviews”, “Stata”)  foydalanish” (Davlat statistika qo‘mitasining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) - 19 - 24 sentyabr;

- “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar va ularning statistikada ifodalanishi” (tuman va shahar statistika bo‘limlari boshliqlari uchun) –  19 - 24 sentyabr;

- “Iqtisodiy – statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” (hududiy statistika boshqarmalarining  bosh va yetakchi  mutaxassislari uchun) - 19 - 30 sentyabr.

Mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat berildi.

 

       

    O‘quv – uslubiy ishlar bo‘limi



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: