Asosiy -> Kurslar -> Qo`mita yangiliklari -> An’anaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2022 yilning sentabr oyida tashkil etiladigan o‘quv kurslari to‘g‘risida

An’anaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2022 yilning sentabr oyida tashkil etiladigan o‘quv kurslari to‘g‘risida

    2021 yil 20 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022 yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning sentabr oyida quyidagi o‘quv kurslari tashkil etiladi:


1. Masofaviy (onlayn) o‘qitish shaklida:

- “Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari(tuman va shahar statistika bo‘limlari bosh va yetakchi  mutaxassislari uchun) - 5 – 16 sentabr.      

2. An’anaviy o‘qitish shaklida:

- Tanlanma  kuzatuv: nazariya, uslubiyot va amaliyot” (hududiy statistika boshqarmalarining yetakchi va birinchi toifali mutaxassislari uchun) - 2022 yil - 5 - 16 sentabr;

- “Statistik tahlilda amaliy – dasturiy paketlardan (“Statistika”, “SPSS”, “Ewiews”, “Stata”)  foydalanish” (Davlat statistika qo‘mitasining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) - 2022 yil 19 - 24 sentabr;

- “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar va ularning statistikada ifodalanishi(tuman va shahar statistika bo‘limlari boshliqlari uchun) –  19 - 24 sentabr;

- “Iqtisodiy – statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” (hududiy statistika boshqarmalarining  bosh va yetakchi  mutaxassislari uchun) - 2022 yil  19 - 30 sentabr.

- “Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” - 5 – 30 sentabr (qayta tayyorlash kursi, davom ettiriladi).

         

O’quv – uslubiy ishlar bo‘limi



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: