Asosiy -> Kurslar -> Qo`mita yangiliklari -> An’anaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2022 yilning avgust oyida tashkil etilgan o‘quv kurslarining yakunlangani to‘g‘risida

An’anaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2022 yilning avgust oyida tashkil etilgan o‘quv kurslarining yakunlangani to‘g‘risida

    2021 yil 20 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022 yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning avgust oyida davlat statistika organlari xodimlari uchun tashkil etilgan quyidagi o‘quv kurslari yakunlandi:


1. Masofaviy (onlayn) o‘qitish shaklida:

-“Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari(hududiy statistika boshqarmalari bosh va yetakchi  mutaxassislari uchun) - 18 - 30 avgust.

2. An’anaviy o‘qitish shaklida:

-“Buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tayyorlash hamda ularning tahlili” (Davlat statistika qo‘mitasi, hududiy statistika boshqarmalari va Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining buxgalteriya hisobi bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari hamda xodimlari uchun) - 2022 yil  15 - 18 avgust;

- “Statistika asoslari”(Davlat statistika qo‘mitasining yetakchi va birinchi toifali mutaxassislari uchun) - 19 – 30 avgust;

-“Milliy hisoblar tizimi” (hududiy statistika boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari uchun) - 2022 yil  22 - 27 avgust.

Mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat berildi.


 

O’quv – uslubiy ishlar bo‘limi



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: