Asosiy -> Kurslar -> Qo`mita yangiliklari -> Anʼanaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2022 yilning oktyabr oyida tashkil etiladigan o‘quv kurslari to‘g‘risida

Anʼanaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2022 yilning oktyabr oyida tashkil etiladigan o‘quv kurslari to‘g‘risida

    2021 yil 20 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022 yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning oktyabr oyida quyidagi o‘quv kurslari tashkil etiladi:

1. Masofaviy (onlayn) o‘qitish shaklida:

- “Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari” (tuman va shahar statistika bo‘limlari bosh va yetakchi  mutaxassislari uchun) - 3 – 14 oktyabr.

- “Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” - 3 – 31 oktyabr (qayta tayyorlash kursi, davom ettiriladi).

2. Anʼanaviy o‘qitish shaklida:         

“Milliy hisoblar tizimi” (hududiy statistika boshqarmalarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) - 10 - 15 oktyabr;

Tanlanma  kuzatuv: nazariya, uslubiyot va amaliyot” (hududiy statistika boshqarmalarining yetakchi va birinchi toifali mutaxassislari uchun) - 10 - 21 oktyabr;

- “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar va ularning statistikada ifodalanishi” (Davlat statistika qo‘mitasi  bo‘lim boshliqlari  o‘rinbosarlari va bosh mutaxassislari uchun) –  17 - 22 oktyabr;

“Statistik tahlilda amaliy – dasturiy paketlardan (“Statistika”, “SPSS”, “Eviews”, “Stata”) foydalanish” (hududiy statistika boshqarmalarining  bosh va yetakchi  mutaxassislari uchun) - 20 - 26 oktyabr.

         

O‘quv – uslubiy ishlar bo‘limi

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: