Asosiy -> Ilmiy faoliyat

Ilmiy faoliyat

    O’zbekiston Respublikasi “Birja” iqtisodiy gazetasining 2023 yil 24-mart sanasidagi 22-sonida institutimizning “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, i.f.d., prof., akademik S.S.Gulyamov va “Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar” kafedrasining katta o‘qituvchisi Sh.R.Djumaniyazovlarning “Intellektual mulk muhofazasi – taraqqiyotga yetaklovchi muhim omil” mavzusidagi ilmiy-ommabop maqolasi e’lon qilindi.

24-03-2023   


    Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakllaridan biri - mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi boʼlgan talabgorlar diqqatiga!

16-01-2023

    Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq, 2023-yil 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlandi. Hujjatlar joriy yilning 15-yanvar kunidan 15-fevral kuniga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.


   KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA STATISTIK TADQIQOTLAR INSTITUTIDA OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM INSTITUTINING 2023-YIL QABULI TO’G’RISIDA!

20-12-2022   


    Saytdan foydalanuvchilar ushbu boʻlimda Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishib borishlari mumkin   


    
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273 – sonli va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 686 – sonli qarorlari bilan maqsadli statistik tadqiqotlar o‘tkazish va statistika masalalari bo‘yicha mahalliy va xalqaro loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha institutga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan 2022 yilning iyul – oktabr oylari davomida  “O’ZBAT A.J.” QK OAJ bilan imzolangan 2022-yil 25-iyuldagi 25-07-sonli shartnomaga asosan “Информационно – аналитический обзор рынка сигаретной продукции и табачного сырья Республики Узбекистан” (“O’zbekiston Respublikasi sigaret mahsulotlari va tamaki xomashyosi bozorining axborot-tahliliy sharhi”) mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi (rus tilida) bajarildi.

“Информационно – аналитический обзор рынка сигаретной продукции и табачного сырья Республики Узбекистан”  (“O’zbekiston Respublikasi sigaret mahsulotlari va tamaki xomashyosi bozorining axborot-tahliliy sharhi”) mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi bilan tanishish.



    ILMIY VA INNOVATSION FAOLIYAT NATIJALARI MILLIY REYTINGINING “IJTIMOIY FANLAR” YO’NALISHI BO’YICHA TEMATIK REYTINGIDA KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA STATISTIK TADQIQOTLAR INSTITUTI FAXRLI 1-O’RINNI EGALLADI   

    01-12-2022

   Ilmiy va innovatsion faoliyat natijalari milliy reytingining “Ijtimoiy fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha tematik reytingida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faxrli 1-o‘rinni egalladi

Batafsil

 

    “Statistikaning zamonaviy muammolari: nazariya, uslubiyot va amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi

    26-11-2022

    Joriy yilning 26- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Statistikaning zamonaviy muammolari: nazariya, uslubiyot va amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Batafsil

    KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA STATISTIK TADQIQOTLAR INSTITUTIDA DOKTORANT (DSc), TAYANCH DOKTORANT (PhD) VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR UCHUN MALAKAVIY IMTIHONLAR TASHKIL ETILDI

      23.11.2022

    Imtihon jarayayonlari Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2022-yil 10-noyabrdagi 9-sonli buyrug’iga asosan O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tarkib ishtirokida, belgilangan tartibda Nizom talablariga muvofiq o‘tkazilidi hamda shaffoflikni ta’minlash maqsadida imtihon o‘tkaziladigan xonalarda jarayonlar videokuzatuv ostida olib borildi.

Batafsil


    2023-YIL QABULI UCHUN HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

    16.11.2022

    KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA STATISTIK TAQDIQOTLAR INSTITUTINING OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM INSTITUTIGA 2023-YIL QABULI UCHUN HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Batafsil


    MUVAFFAQIYATI ILMIY HIMOYALAR HAFTALIGI

    04.11.2022

   Joriy yilning 4-noyabr kuni soat 14:00 da Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashda Toshkent moliya instituti mustaqil izlanuvchisi Arziqulov Otabek Ali o‘g‘lining 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligida “Kichik korxona va mikrofirmalar faoliyati samaradorligining statistik tqdqiqoti (Jizzax viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining onlayn va oflayn himoyasi tashkil etildi.

Batafsil


    "Davlat statistika qo‘mitasi va Koreya statistika idorasi o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi" 

     26.10.2022 

    Joriy 2022 - yilning 26 - oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Koreya statistika idorasi va uning ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan masofaviy tarzda uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil


     "Multiindikator klaster kuzatuvlarining dastlabki natijalari"

     20.10.2022 

    2022-yil 20-oktabr kuni Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasida Davlat statistika qoʻmitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamgʻarmasi–UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Multiindikator klaster kuzatuvlarining dastlabki natijalari” mavzusiga bagʻishlangan taqdimot yig’ilishi oʻtkazildi.

Batafsil


     "Innovatsion rivojlanish vazirligida «Global innovatsion indeks-2022: O’zbekiston tajribasi» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi"

      19.10.2022 

    «InnoWeek.Uz-2022» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida joriy yilning 19 oktabr kuni «Global innovatsion indeks-2022: O’zbekiston tajribasi» mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda, institut jamoasi hamda ilmiy ishlar,  innovatsiyalar va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.S. Qahhorov ishtirok etdi.

Batafsil 


       "Toshkent moliya institutida “Statistika ilmiy-amaliy laboratoriyasi” ochildi"

       18.10.2022 

    Institutda ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish, tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, iqtidorli talabalar ilmiy izlanishlar olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Batafsil 


       "Polshaning Oliy biznes universiteti rahbariyati bilan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi"

       22.09.2022 

    Joriy yilning 22- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida Polshaning Oliy biznes universiteti rahbariyati bilan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Batafsil 


         "Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022-yilning 4-choragi uchun oliy ta'limdan keyingi ta'limning mustaqil izlanuvchiligiga kirish uchun suhbat jarayoni taskil etildi" 

        18.08.2022 

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yining 19-avgust kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022-yilning 4-choragi uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning mustaqil izlanuvchiligiga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlarning suhbat jarayoni tashkil etildi.

Batafsil