Asosiy -> Fotogalereya -> Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.

Fotogalereya "Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi."

2021 yilning 11 noyabr kunidan boshlab respublikamizda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi. Bizning institutimizning professor-o`qituvchilari ham mazkur jarayonlarda faol qatnashmoqdalar, jumladan, 2021 yil 16 noyabr kuni “Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar va milliy hisoblar” kafedrasining katta o`qituvchilari Sh.R.Djumaniyazov va PhD M.N.Sunnatovlar Toshkent shahrining Yashnobod tumanida aholini ro‘yxatga olishning asosiy tadbirlari bo`yicha AQSH va Evropa davlatlaridan kelishgan xalqaro ekspertlar bilan jonli muhokamada ishtirok etishdi.