Institut haqida


    Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti sobiq Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

    Institut oʻz faoliyatini Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 10-sentabrdagi 94-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Ustavga (Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani Davlat xizmatlari markazida 2019-yil 11-sentabrda roʻyxatga olingan), har yili Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturi hamda statistika tadqiqotlarini amalga oshirish dasturiga muvofiq amalga oshiradi.

 

    Institut faoliyatining asosiy maqsadi - davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirishni tizimli asosda samarali tashkil qilish, oʻqitish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion usullarni keng joriy etish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, shuningdek tarmoqlar va mintaqaviy muommolar boʻyicha statistik tadqiqotlarni olib borishdan iborat. Tizim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha institutda 2 ta kafedra, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, hamda tarmoqlar va mintaqaviy muammolar boʻyicha statistik tadqiqotlarni olib borish boʻyicha 3 ta boʻlim tashkil etilgan.

 

    Institutda “Oʻzbekiston statistika axborotnomasi” choraklik elektron ilmiy jurnali (www.statmirror.uz, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019-yil 27-avgustdagi 1309-son guvohnomasi) nashr etiladi. Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2019-yil 30-sentabrdagi 269/2-son qaroriga asosan, “Ekonometrika va statistika” hamda “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari boʻyicha iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash (DSc.30.09.2019.I.92.01 raqamli) faoliyat yuritadi. Mos ravishda, har yili ajratiladigan qabul kvotalariga asosan, ilmiy izlanuvchilar uchun mazkur ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi.

 Institutning 2019-2021 yillardagi faoliyati

natijalari bilan batafsil tanishish

Yangiliklar

Polshaning Oliy biznes universiteti rahbariyati bilan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi

22-09-2022

Joriy yilning 22- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida Polshaning Oliy biznes universiteti rahbariyati bilan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

E`LON !!! Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi boʼlgan talabgorlar diqqatiga!

15-09-2022

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi boʼlgan talabgorlar diqqatiga!

«Statistika asoslari» bo‘yicha Buxoro viloyatida qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi boshlandi

25-08-2022

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan «Statistika asoslari» bo‘yicha shartnoma asosida Buxoro viloyatining barcha bo‘g‘indagi hokimliklari va shahar tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun shu yilning 25 – 27 avgust kunlariga mo‘ljallangan qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi boshlandi.