Asosiy -> Tadbirlar ->

    Saytdan foydalanuvchilar ushbu boʻlimda Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining, institut huzuridagi «Ekonometrika va statistika» hamda «Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari» ixtisosliklari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish boʻyicha ilmiy kengashning va “Oʻzbekiston statistik axborotnomasi” elektron ilmiy jurnali faoliyatlari bilan bogʻliq rejalashtirilgan tadbirlar bilan tanishib borishlari mumkin

 

    Institutning 2022 yilga moʻljallangan ish rejasi 

    21-01-2022 

  Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2022 yilga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlandi

 ISH REJA BILAN TANISHISH

    4796-son qaror chora-tadbiri

    6-07-2021

  "Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari tugʻrisida"gi PQ-4796-son qarori bilan tasdiqlangan "2020-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi stagistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi"va uni amalga oshirish boʻyicha "Iul xaritasi"ni ijrosini taʼminlash yuzasidan

CHORA-TADBIRLAR REJASI

    Attestatsiya - chora-tadbirlar rejasi

    6-07-2021

   Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Innovatsion rivojlanish, Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari tomonidan tasdiqlangan taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha

CHORA-TADBIRLAR REJASI


     Institut ilmiy kengashining 2021 yilga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlandi. 

    5-02-2021

   Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining 2021 yilga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlandi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 686 - son qaroriga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining 2021 yilga moʻljallangan rejasi ishlab chiqildi.

  ISH REJA BILAN TANISHISH


    Oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash va nashr etish chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi

    25-12-2019

   “Davlat statistika organlari xodimlarini 2020 yilda qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturiga kiritilgan oʻquv kurslari boʻyicha oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash va nashr etish chora-tadbirlari rejasi” tasdiqlandi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 686 - son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, “Davlat statistika organlari xodimlarini 2020 yilda qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturiga kiritilgan oʻquv kurslari boʻyicha oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash va nashr etish chora-tadbirlari rejasi”ishlab chiqildi va institut direktori tomonidan shu yil 18 noyabrda tasdiqlandi.

                                                          REJA BILAN BATAFSIL TANISHISH