Asosiy -> Hamkorlik -> O`zbekiston -> Oʻzbekistonda hamkorlik

Oʻzbekistonda hamkorlik

 

Ushbu boʻlimda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan xodimlarni oʻqitish va statistik tadqiqotlar boʻyicha respublikamizdagi boshqa taʼlim va ilmiy muassasalar bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik toʻgʻrisida maʼlumotlar joylashtiriladi.

Institut tomonidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish, shu jumladan davlat statistika tizimi xodimlarini malakasini oshirish dasturiga kiritilgan oʻquv kurslarini sifatli va mazmunli oʻtkazilishiga erishish, statistik tadqiqotlarni mukammal amalga oshirish maqsadida, respublikamizda faoliyat yuritayotgan boshqa taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga asosan, taʼlim, ilm-fan va innovatsiya sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv memorandumi va hamkorlik shartnomasi 2017 yil noyabr oyida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya instituti, 2019 yil mart oyida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, 2019 yil may oyida Fargʻona davlat universiteti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2020 yilning fevral oyida Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, 2020 yil iyun oyida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda 2021 yil iyun oyida Toshkent Moliya instituti bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

Ushbu oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi va shartnoma 3-5 yil muddatga tuzilgan boʻlib, quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qilishni oʻz ichiga oladi:

- mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini oʻrganish, iqtisodiyot tarmoqlari holatining statistik tahlili, iqtisodiyot norasmiy sektorini tahlil etish va boshqa aktual muammolar boʻyicha hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy ishlar tayyorlash va nashr etish;

- bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va zamonaviy iqtisodiyotning aktual masalalari boʻyicha, yirik olimlar, boshqa ilmiy tadqiqot institutlari xodimlari va ekspertlarni ham jalb etgan holda, hamkorlikda seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish;

- oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini Institutda olib boriladigan malaka oshirish kurslariga va statistik tadqiqotlarni amalga oshirishga jalb etish;

- Institut va oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarning ikki tomonlama stajirovkasini tashkil etish;

- davlat statistika tizimi xodimlari malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha Institutga uslubiy yordam koʻrsatish;
- Institut professor-oʻqituvchilarini oliy taʼlim muassasalaridagi tegishli oʻquv jarayoniga va ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish;

- oliy taʼlim muassasalari bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalarini Institutda amaliyot oʻtashlarini tashkil etish,

- iqtidorli bitiruvchilarni ishga taklif etish va boshqalar.


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

 

Toshkent Moliya instituti

 

Fargʻona davlat universiteti


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Toshkent Moliya instituti

 




  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: