Asosiy -> Hamkorlik -> Xalqaro -> Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

 

Ushbu bo‘limda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (avval - Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi) tomonidan davlat statistika organlari xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘qitish hamda statistika metodologiyasi va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha statistik tadqiqotlar olib borish maqsadida amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtiriladi.

         Mazkur chet el ta’lim va ilmiy muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv 5 yil muddatga (tomonlar xohishiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin) tuzilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishni o‘z ichiga oladi:

 

 - statistika sohasida xalqaro tajriba, ilg‘or amaliyot, ilmiy ishlanmalar va yangiliklarni hamkorlikda o‘rganish;

 

 - mamlakatlar iqtisodiy va statistika salohiyotini oshirish bo‘yicha ilmiy seminarlar tashkil etish;

 

 - aholini ro‘yxatga olish, uy xo‘jaliklari byudjeti kuzatuvini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy va uslubiy masalalar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish;

 

 - “Statistika”, “Iqtisodiyot”, “Moliya” va “Savdo” ilmiy va ta’lim dasturlari doirasida xodimlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish;

 

 - hamkorlikda “Statistika”, “Iqtisodiyot”, “Moliya” va “Savdo” ilmiy va ta’lim dasturlari doirasida seminarlar, konfyerensiyalar, davra suhbatlari tashkil etish va ularda ishtirok etish;

 

 - hamkorlikda “Statistika”, “Iqtisodiyot”, “Moliya” va “Savdo” ilmiy va ta’lim dasturlari doirasida statistika tadqiqotlarini olib borish;

 

 - tomonlarni qiziqtirgan va o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish.

 

 

Olmaota Iqtisodiyot va Statistika akademiyasi

Qozog‘iston iqtisodiyot, moliya va xalqaro savdo univyersiteti

B.G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat univyersiteti

Rossiya – Tojikiston (slavyan) univyersiteti



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: