Asosiy -> Institut haqida -> Rahbariyat -> Xaydarov Nizamiddin Xamrayevich

Xaydarov Nizamiddin Xamrayevich

Хайдаров Низамиддин Хамраевич

1962 yil 30 sentabrda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tugʻilgan. 1988 yilda Toshkent xalq-xoʻjaligi institutini “Moliya va kredit” ixtisosligi boʻyicha tamomlagan. Oliy maʼlumotli mutaxassis sifatida faoliyatini 1988 yildan Toshkent xalq-xoʻjaligi institutida “Moliya” kafedrasi assistenti sifatida boshlagan. 1990-1993 yillarda Sankt-Peterburg Iqtisodiyot va moliya universiteti (Rossiya Federatsiyasi) aspiranturasida tahsil olgan. 1994-1996 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Moliya va baholarni shakllantirish” kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi va dotsenti lavozimlarida ishlagan. 1996-1997 yillarda Oʻzbekiston Bank-moliya akademiyasi “Moliya” fakulteti dekani, 1997-2006 yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida “Moliya, valyuta munosabatlari va kredit” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor ilmiy unvoniga va darajasiga ega. 2006-2018 yillar davomida Toshkent moliya institutida “Moliya” kafedrasi mudiri, “Moliya iqtisod” fakulteti dekani, ilmiy ishlar boʻyicha prorektor va Rektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yildan buyon Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 27.06.2017.I.17.01 raqamli Ilmiy kengash raisi.

2018 yilning dekabr oyida Davlat statistika qoʻmitasi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari Markazi direktorining Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

Oʻtgan yillardagi faoliyati davomida 10 dan ortiq darslik, oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, 200 dan ortiq maqola hamda ilmiy tezislarga mualliflik qilgan.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: