Asosiy -> Institut haqida -> Rahbariyat -> Gʻayibnazarov Bahodir Karimovich

Gʻayibnazarov Bahodir Karimovich

Ғайибназаров Баҳодир Каримович

     1971 yil 8 avgustda tugʻilgan. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 1994 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Statistika” mutaxassisligini imtiyozli bitirgan. 1994 yildan 1997 yilgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Statistika” kafedrasining kunduzgi boʻlim aspiranti, 1997-2000 yillarda “Statistika” kafedrasining katta oʻqituvchisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Ixtisoslashgan Oliy Biznes maktabining direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2000-2006 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Statistika“ kafedrasining doktoranti, dotsent, Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi. 2006-2008 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida yetakchi ilmiy xodim,  Axborot xizmati rahbari  lavozimlarida  ishlagan. 2008-2011 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Statistika“ kafedrasi professori, mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

2011 yilning aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika qoʻmitasi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari Markazi direktori lavozimiga tayinlangan.

 

2013 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash fakulteti “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligini muvaffaqiyatli tamomlagan.

 

2015 yilning sentabridan 2017 yilning avgustiga qadar Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasining ilmiy va xalqaro munosabatlar masalalari boʻyicha prorektori, birinchi prorektori lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

 

2017 yil 10 iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi direktori lavozimiga tayinlangan.

 

Makroiqtisodiyot va statistikaga oid 15 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalari, 3 ta monografiya va 400 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari chop etilgan. Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Moldova va Qozogʻiston davlatlarida ilmiy-amaliy seminarlarda faol qatnashgan.

 

B.Gʻayibnazarovning ilmiy maslahatchi va rahbarligida 2 ta fan doktori va 6 ta fan nomzodi (PhD), 100 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari hamda bitiruv malakaviy ishlari tayyorlangan va muvaffaqiyatli himoya qilingan.

 

 




  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: