Asosiy -> Institut haqida -> Qafedralar va bo`limlar -> XALQARO VA JAMOATCHILIK BILAN ALOQALAR XIZMATI

XALQARO VA JAMOATCHILIK BILAN ALOQALAR XIZMATI

XALQARO VA JAMOATCHILIK

BILAN ALOQALAR XIZMATI

 TOʻGʻRISIDA  N I Z O M

  

I. Umumiy qoidalar

 

1. Xalqaro va jamoatchilik bilan aloqalar xizmati (keyingi oʻrinlarda boʻlim deb ataladi) Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining (keyingi oʻrinlarda institut deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, sohaga oid Davlat statistika qoʻmitasining Hayʼat qarorlari va buyruqlariga, institut Kengashi qarorlari hamda Ustaviga, institut direktori buyruqlari va mazkur Nizomga amal qiladi.

3. Boʻlim oʻz faoliyatini direktorning ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida amalga oshiradi.

4.Boʻlim institut va uning tarkibiy boʻlinmalari, professor- oʻqituvchilari, xodimlarining xorijiy davlatlar, shu jumladan xorijiy oliy taʼlim muassasalari, markazlari bilan hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtiradi.

5. Boʻlim oʻz faoliyatini amalga oshirishda institutning barcha tarkibiy boʻlinmalari, kafedralari hamda xorijiy taʼlim va ilmiy - tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

6. Boʻlimda hujjatlar bilan ishlash tasdiqlanganNomenklatura asosida olib boriladi.

 

II. Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari

        

7. Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

keng jamoatchilikni institutning faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari toʻgʻrisida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

institutning rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va oʻz vaqtida yangilab borish;

boʻlim faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari fikrlarini tahlil qilib borish va ular toʻgʻrisida institut rahbariyatiga axborot berish;

institut rahbariyatiga xalqaro aloqalarni rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflarni berish;

institut xodimlarining xorijiy davlatlarda malaka oshirish yoki ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borishlarini tashkil etish uchun tegishli nomzodlar roʻyxatini shakllantirish va institut rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun tavsiya etish;

institut kafedra va boʻlinmalarining xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar taʼlim va ilmiy – tadqiqot muassasalari tomonidan taklif qilingan oʻquv - uslubiy dasturlarni, Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliyotga joriy etish, tegishli ilmiy – tadqiqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha loyihalarda qatnashish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

xorijiy hamkorlar bilan taʼlim va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish borasida institut kafedra va boʻlinmalariga yordam berish;

xorijiy davlatlar olimlari, professor-oʻqituvchilari va mutaxassislarini institut taʼlim va ilmiy jarayoniga jalb etish hamda hamkorlikda oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishiga vakolati doirasida koʻmaklashish;

institut professor-oʻqituvchilarining xorijiy xizmat safarlari yuzasidan hisobotlarini umumlashtirish va institut Kengashi muhokamasiga taqdim etish;

xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-2142-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2014 -yil 6- fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 24-sonli qarori va Davlat statistika qoʻmitasining tegishli topshiriq xatlari asosida amalga oshirish;

Butunjahon bankining “Statistika potensiali indeksi” boʻyicha xalqaro reytingida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash yuzasidan institut tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarda bevosita ishtirok etish, xalqaro tashkilotlar bilan tegishli yozishmalarni olib borish;

xalqaro hamkorlikning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha faoliyatni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish va amalga oshirish.

institut professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilarining  xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek, jamgʻarmalar tomonidan eʼlon qilingan tanlovlarda ishtirok etishlarida yordam berish;

institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilari va xodimlarining xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan tashkil etiladigan ilmiy konferensiya va seminarlarda malaka oshirish kurslarida qatnashishlarini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

institutga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar vakillari, professor-oʻqituvchilari bilan davra suhbatlari va uchrashuvlarini tashkil etish;

8. Boʻlim qonun hujjatlariga muvofiq, vakolati doirasida boshqa funksiyalarni bajaradi.

 

III. Boʻlimning huquq va majburiyatlari

 

9. Boʻlim quyidagi huquqlarga ega:

institut Kengashida koʻrib chiqiladigan hamda institut va xorijiy taʼlim va ilmiy – tadqiqot muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda maʼlumotlarni institutning kafedralari, boshqa tarkibiy boʻlinmalari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

xorijiy hamkorlar bilan ikki va koʻp tomonlama memorandum hamda shartnomalarni rasmiylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjat hamda maʼlumotlarni yigʻish;

institut professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchi xodimlarini xorijiy taʼlim va ilmiy – tadqiqot muassasalarida malaka oshirish, stajirovka  oʻtash, ilmiy izlanishlar olib borish va hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berish va takliflar kiritish;

xorijiy taʼlim va ilmiy – tadqiqot muassasalarida taʼlim olish yoki malaka oshirish uchun yuboriladigan nomzodlar roʻyxatini institut rahbariyati muhokamasiga kiritish; 

institut va xorijiy davlat taʼlim va ilmiy muassasalari oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomalari hamda memorandumlari doirasida hamda boshqa xalqaro hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy safarda boʻlib kelgan xodimlar, professor-oʻqituvchilardan oʻrnatilgan tartibda hisobotlar taqdim etilishini talab qilish.

10. Boʻlimning majburiyatlari quyidagilardan iborat: 

institut Ustaviga qatʼiy rioya etish, ushbu nizomda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;

institut va xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalari, oʻrtasida tuzilgan hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma va memorandum shartlari bajarilishini taʼminlash;

Davlat statistika qoʻmitasiga oʻrnatilgan tartibda institutning xalqaro va jamoatchilik bilan aloqalari toʻgʻrisida hisobot va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish;

xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarida malaka oshirgan yoxud oʻquv kurslari, seminarlarida ishtirok etgan institut xodimlari, professor-oʻqituvchilarining tegishli hisobotlarini institut Kengashi muhokamasiga kiritish;

xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarining takliflariga muvofiq, chet el safariga chiquvchi institut xodimlari, professor- oʻqituvchilariga hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmak berish;

institut va uning tarkibiy boʻlinmalarining xalqaro va jamoatchilik bilan aloqalariga oid maʼlumotlarni institut rahbariyatiga tezkorlik bilan taqdim etib borish.

  

IV. Boʻlim faoliyatini tashkil etish

 

11.  Boʻlim faoliyati institutning xalqaro va jamoatchilik bilan aloqalarini toʻgʻri tashkil etish va yuritish bilan bogʻliq holda hamkorlik boʻyicha turdosh taʼlim va ilmiy - tadqiqot muassasalari bilan tuzilgan joriy (yillik) va istiqbolli rejalarga muvofiq amalga oshiriladi;

12. Boʻlim oʻz faoliyatini institut Ustaviga,  Davlat statistika qoʻmitasi, institut direktori, direktorning ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar boʻyicha oʻrinbosari topshiriqlariga, shuningdek, institutning ish rejasiga, boʻlimning ish rejasiga, boʻlim bosh mutaxassisining shaxsiy ish rejasiga muvofiq tashkil etadi.

13. Boʻlimning har yillik ish rejasi institut va uning tarkibiy boʻlinmalarining ish rejalari va boʻlim zimmasiga yuklangan vazifalar asosida shakllantiriladi.

14. Boʻlimning ish rejasi va boʻlim bosh mutaxassisining shaxsiy ish rejasi institut direktori yoki uning topshirigʻiga muvofiq direktorning ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

15. Oʻz faoliyatini sitfatli tashkil etishi uchun boʻlimda quyidagi hujjatlar boʻlishi lozim:

Institut Ustavi, Kengash ish rejasi, tasdiqlangan qoidalar va nizomlari;

boʻlim nizomi, yillik ish rejasi, hujjatlar bilan ishlash nomenklaturasi, boʻlim bosh mutaxassisi lavozim yoʻriqnomasi;

mahalliy va xorijiy taʼlim va ilmiy  - tadqiqot muassasalari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari;

boʻlim faoliyatiga taaluqli boshqa meʼyoriy – huquqiy hujjatlar.

 

V. Boʻlimning javobgarligi

 

16. Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muhim ustuvor vazifalar va zamonaviy talablardan kelib chiqib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida” gi qonuni, institut Ustavi hamda ushbu Nizomda belgilangan vazifalar, funksiyalar, majburiyatlarni toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, oʻziga berilgan vakolatlar, huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanishi uchun javob beradi.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: