Asosiy -> Institut haqida -> Qafedralar va bo`limlar -> MASOFAVIY OʻQTISHNI TASHKIL ETISH GURUHI

MASOFAVIY OʻQTISHNI TASHKIL ETISH GURUHI

MASOFAVIY OʻQTISHNI TASHKIL ETISH

 GURUHI TOʻGʻRISIDA  N I Z O M

 

I.  Umumiy qoidalar


 

1.Masofaviy oʻqitishni tashkil etish guruhi (bundan keyingi oʻrinlarda “Guruh” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining (bundan keyingi oʻrinlarda “Institut” deb yuritiladi)  tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. 

2.Guruh bevosita oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosariga va bilvosita direktorga boʻysunadi.

3.Guruh oʻzining yillik ish rejalarini oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari hamda boshqa kafedralar va boʻlimlar bilan kelishilgan holda amalga oshiradi.

4.Guruhda hujjatlar bilan ishlash tasdiqlangan Nomenklatura asosida olib boriladi.


II. Guruhning asosiy  vazifalari va funksiyalari


5.Guruhning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Davlat statistika qoʻmitasi (bundan keyingi oʻrinlarda "Qoʻmita" deb yuritiladi) markaziy apparati va davlat statistika organlari xodimlarining masofadan oʻqitish orqali malakasini oshirish va kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish boʻyicha belgilangan vazifalarni bajarilishini taʼminlash;

masofadan malaka oshirishni xalqaro tajribalarga va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etilishini taʼminlash;

masofaviy oʻqitishni tashkil etish boʻyicha institut kafedralari va hududiy statistika organlari oʻrtasida samarali aloqalarni tashkil etish;

masofaviy oʻqitishni samarali tashkil etish maqsadida institutda va hududiy statistika organlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlangan maxsus auditoriyalarni tayyorligini taʼminlash; 

malaka oshirish boʻyicha taʼlim olishning ochiq va shaffofligini taʼminlash;

masofaviy va anʼanaviy oʻqitish shakllarini integratsiyalash orqali oʻquv mazmunining variativligiga erishish;

malaka oshirishni amaliyot bilan bogʻliq tarzda va oʻzaro hamkorlikka asoslanib olib borishga koʻmaklashish va boshqalar.

6.Guruh oʻziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, quyidagi funksiyalarni bajaradi:

xalqaro standartlarga mos keladigan statistik uslubiyat birligi va davlat statistika prinsiplariga amal qilish;

asosiy vazifalarni bajarish maqsadida ilmiy-uslubiy, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, tashkiliy-texnik taʼminlash ishlarida ishtirok etish;

qoʻmitaning tuzilmaviy boʻlinmalaridan guruh vazifalarini bajarish uchun zaruriy materiallarni soʻrab olish;

Kengash majlislarida guruhga tegishli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

institut faoliyati bilan masofadan oʻqitishga bogʻliq konferensiya, seminar, simpozium va majlislarda ishtirok etish;

amaldagi qonunchilik doirasida xalqaro sputnik, telekommunikatsion va kompyuter aloqalarini yaratish va ulardan foydalanishda ishtirok etish;

oʻtkaziladigan mashgʻulotlarda institut rahbariyatining ruxsati bilan oʻrindoshlik yoki mehnatga soatbay haq toʻlash asosida ishtirok etish;

Kengash faoliyatida masofadan malaka oshirishga oid masalalarini muhokama qilishda ishtirok etish;

kompyuter texnikasi, qurilmalar, xonalar, auditoriyalar, oʻquv zali (axborot - resurs markazi) va boshqa oʻquv - uslubiy qoʻllanmalardan foydalanish.

 

III. Guruhning huquq va majburiyatlari


7.Guruh quyidagi huquqlarga ega:

masofadan malaka oshirish sohasida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish shakllari va usullarini innovatsiyalar asosida takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;

kafedralar yoʻnalishi boʻyicha oʻqitiladigan fanlardan tyutorlar sifatida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun oʻrindoshlik, soatbay asosida yetuk mutaxassislar va olimlarni jalb qilishda qatnashish;

masofadan oʻqitishga oid respublika va xorijiy mamlakatlarning ilmiy, oʻquv muassasalari bilan tajriba almashish va axborot ayirboshlashda qatnashish;

masofadan malaka oshirishda qatnashadigan tinglovchilar bilimini baholash va oʻzlashtirishini nazorat qilish;

masofadan oʻqitishga oid statistik kadrlar malakalarini oshirishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish;

davlat statistika organlari oldiga qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, tizim xodimlarining masofadan malakasini oshirish boʻyicha yangi dolzarb oʻquv kurslarini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;

institut Kengashiga masofadan oʻqitish boʻyicha oʻquv-uslubiy, ilmiy, innovatsion va madaniy-maʼrifiy ishlar boʻyicha takliflar kiritish.

 

8.Guruhning majburiyatlari quyidagilardan iborat:


institut Ustavi va ushbu nizom hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni talab darajasida va samarali bajarish;

davlat statistikasining asosiy prinsiplariga rioya etish;

masofadan oʻqitishga oid oʻquv reja va dasturlar, oʻquv-mavzu rejalarini kafedra professor-oʻqituvchilari bilan birga ishlab chiqish va yangilarini tayyorlashda qatnashish;

masofadan oʻqitishga oid maʼruza matnlari va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash hamda nashr qilish rejalarining bajarilishi toʻgʻrisida doimiy oylik hisobotlarni tayyorlash;

masofadan oʻqitishga boʻyicha oʻquv kurslari boʻyicha dars jadvallarini tuzish;

masofadan oʻqitishga oid tinglovchilar bilimini nazorat qilish va mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun oʻquv-uslubiy materiallar tayyorlash;

masofadan oʻqitishga oid dars jadvali va kurs oʻquv dasturlarining oʻquv kurslariga mosligini nazorat qilish;

masofadan oʻqitishga oid oʻquv mashgʻulotlari jurnallarida koʻrsatilgan hamda haqiqatda rejalashtirilgan oʻquv yuklamalarini oʻqituvchilarning individual rejalari koʻrsatkichlarini solishtirish yoʻli bilan ularning pedagogik yuklamalarini bajarilishini nazorat qilish;

guruhning oʻz sohasi doirasida ommaviy axborot vositalarida chiqish qilish;

masofadan oʻqitishga oid davlat statistika organlarining tinglovchi mutaxassislari monitoringini olib borish;

masofadan oʻqitishga oid mashgʻulotlar oʻtkazish jadvalini tinglovchilar va professor-oʻqituvchilar bilan kelishish;

masofadan oʻqitishga oid ixtisoslashgan kurslar boʻyicha professor-oʻqituvchilar yuklamalari hisobini olib borish;

masofadan oʻqitishga oid oʻquv kurslari yakunida tinglovchilarga topshirish uchun belgilangan namunadagi diplom, guvohnoma va sertifikatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

guruh faoliyati boʻyicha institute rahbariyatiga oylik hisobot taqdim etish.

  

IV. Guruh faoliyatini tashkil etish


9. Guruh faoliyatioʻquv va tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy (yillik) rejalarga mufofiq amalga oshiriladi.

10.Guruhda quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:

institut Ustavi va Ichki mehnat tartibi qoidalari, guruh nizomi;

guruh ish rejalari;

masofadan oʻqitishga oid davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirish yillik dasturi va oʻquv kurslarini oʻtkazish jadvali;

institutda oʻtkaziladigan masofadan malaka oshirish oʻquv kurslari boʻyicha oʻquv-tematik rejalar;

masofadan oʻqitishga oid oʻquv kurslari boʻyicha amaldagi meʼyoriy, oʻquv-uslubiy va boshqa hujjatlar;

guruh faoliyati bilan bogʻliq barcha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar toʻplami;

kafedralarning oʻquv-uslubiy materiallari.

 

V.   Guruhning javobgarligi


11.Guruh xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanga eng muhim ustuvor vazifalar va zamonaviy talablardan kelib chiqib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi qonuni, instituti Ustavi hamda ushbu nizomda belgilangan vazifalar, funksiyalar, majburiyatlarni toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, oʻz vakolatlari va huquqlaridan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi uchun javob beradilar.

 

 

 

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: