Asosiy -> Institut haqida -> Qafedralar va bo`limlar -> O‘QUV - USLUBIY ISHLAR BO‘LIMI

O‘QUV - USLUBIY ISHLAR BO‘LIMI

O‘QUV- USLUBIY ISHLAR BO‘LIMI

TOʻGʻRISIDA  N I Z O M

 

  1. I. Umumiy qoidalar

 

1. Oʻquv - uslubiy ishlar boʻlimi (bundan keyingi oʻrinlarda “boʻlim” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistika tadqiqotlari institutining (bundan keyingi oʻrinlarda “Institut” deb yuritiladi)  tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

2. Bo‘lim institut ilmiy kengashining qarori asosida direktorning buyrug‘i bilan tashkil etiladi va tugatiladi.

3. Bo‘limning tuzilmasi va uning shtatlar ro‘yhati direktor tomonidan tasdiqlanadi.

4. Boʻlim bevosita oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosariga  va  bilvosita direktorga boʻysunadi.

5. Boʻlim oʻzining yillik ish rejalarini oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari bilan hamda institutning tegishli boshqa tarkibiy qismlari (boʻlimlari) bilan kelishilgan holda amalga oshiradi.

6. Boʻlim tarkibiga boʻlim boshligʻi, bosh va yetakchi mutaxassis kiradi.

7. Boʻlim hujjatlashtirishni boʻlim nomenklaturasi asosida olib boradi.

 

 II. Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari

 

8. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • > oʻquv reja va dasturlar, oʻquv-mavzu rejalarini kafedra professor-oʻqituvchilari bilan birga ishlab chiqish va yangilarini tayyorlash;
  • maʼruza matnlari va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash hamda nashr qilish rejalarining bajarilishi toʻgʻrisida doimiy oylik hisobotlarni tayyorlash;
  • oʻquv kurslari boʻyicha dars jadvallarini ishlab chiqish;
  • dars jadvali va kurs o‘quv dasturlarining o‘quv kurslariga mosligini nazorat qilish;
  • oʻquv mashgʻulotlari jurnallarida koʻrsatilgan hamda haqiqatda rejalashtirilgan oʻquv yuklamalarini oʻqituvchilarning individual rejalari koʻrsatkichlarini solishtirish yoʻli bilan ularning pedagogik yuklamalarini bajarilishini nazorat qilish;
  • bo‘limning o‘z sohasi doirasida ommaviy axborot vositalarida chiqish qilish;
  • davlat statistika organlarining tinglovchi mutaxassislari monitoringini olib borish;
  • professor-oʻqituvchilar va oʻquv kurslari tinglovchilari uchun zamonaviy pedagogik servis xizmatlarini tashkil qilish (zaruriy texnik vositalar va koʻrgazmali qurollar bilan taʼminlash;
  • davlat statistika organlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, tizim xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha yangi dolzarb o‘quv kurslarini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
  • qisqa muddatli kurslarda (buxgalteriya hisobi, axborot texnologiyalari, chet tili, menejment va boshqa yoʻnalishlar) kadrlarni tayyorlash  maqsadida professor-oʻqituvchilar tarkibini tuzish  va dars mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun jalb qilish, oʻquv-mavzu rejalarini tuzish hamda professor-oʻqituvchilar bilan kelishish;
  • eʼlon qilingan mutaxassisliklar boʻyicha reklama ishlarini tashkil qilish va guruhlarni shakllantirish;
  • kadrlarni oʻqitish va qayta tayyorlash boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
  • mashgʻulotlar oʻtkazish jadvalini tinglovchilar va professor-oʻqituvchilar bilan kelishish;
  • ixtisoslashgan kurslar boʻyicha professor-oʻqituvchilar yuklamalari hisobini olib borish;
  • oʻquv kurslari yakunida tinglovchilarga topshirish uchun belgilangan namunadagi diplom, guvohnoma va sertifikatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;
  • statistik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish;
  • boʻlim faoliyati boʻyicha institut rahbariyatiga oylik hisobot topshirish;
  • xorijiy firma va tashkilotlarga, yuridik va jismoniy shaxslarga konsalting xizmatlari koʻrsatish, tijorat asosida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish;
  • oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish shakllari va usullarini innovatsiyalar asosida takomillashtirish, oʻquv yordamchi jarayonni kuchaytirish.

 9. Boʻlim oʻziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • xalqaro standartlarga mos keladigan statistik uslubiyat birligi va davlat statistika prinsiplariga amal qilish;
  • asosiy vazifalarni bajarish maqsadida ilmiy-uslubiy, tashkiliy-texnik, kadr va moliya  bilan taʼminlash ishlarida ishtirok etish;
  • davlat statistika qoʻmitasining tuzilmaviy boʻlinmalaridan boʻlim vazifalarini bajarish uchun zaruriy materiallarni olish;
  • oʻrnatilgan tartibda oʻquv jarayonida ishtirok etish uchun oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlaridan taniqli olim va yetuk soha mutaxassislarini jalb qilish;
  • ilmiy kengash majlislarida institut faoliyati masalalarini muhokama qilishda ishtirok etish;
  • institut faoliyati bilan bogʻliq xalqaro konferensiya, seminar, simpozium va majlislarda ishtirok etish;
  • oʻtkaziladigan mashgʻulotlarda institut rahbariyatining ruxsati bilan oʻrindoshlik yoki mehnatga soatbay haq toʻlash asosida ishtirok etish;
  • ilmiy kengash faoliyati masalalarini muhokama qilishda ishtirok etish;
  • kompyuter texnikasi, xonalar, auditoriyalar, oʻquv zali (axborot-resurs markazi)  va boshqa oʻquv-uslubiy qoʻllanmalardan foydalanish.

 

                     III. Boʻlimning huquq va majburiyatlari

 

10. Boʻlim  quyidagi  huquqlarga ega:

  • kafedralar yoʻnalishi boʻyicha oʻqitiladigan fanlardan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun oʻrindoshlik, soatbay asosda yetuk mutaxassislar va olimlarni jalb qilishda qatnashish;
  • respublika va xorijiy mamlakatlarning ilmiy, oʻquv muassasalari bilan tajriba almashish va axborot ayirboshlashda qatnashish;
  • tinglovchilar bilimini baholash va oʻzlashtirishini nazorat qilish;
  • institut ilmiy kengashiga oʻquv-uslubiy, ilmiy, innovatsion va madaniy-maʼrifiy ishlar boʻyicha takliflar kiritish.

11. Boʻlimning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

  • Institut Ustavi va ushbu nizom hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni talab darajasida va samarali bajarish;
  • davlat statistikasining asosiy prinsiplariga rioya etish.

 

IV. Boʻlim faoliyatini tashkil etish

 

12. Boʻlim faoliyati oʻquv va tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy (yillik)  rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.

13. Boʻlimda quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:

  • boʻlim nizomi;
  • boʻlim va boʻlim xodimlari ish rejalari;
  • davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirish yillik dasturi va oʻquv kurslarini oʻtkazish jadvali;
  • institutda oʻtkaziladigan malaka oshirish va tijorat oʻquv kurslari boʻyicha oʻquv-tematik rejalar;
  • oʻquv va tijorat kurslari boʻyicha amaldagi meʼyoriy, oʻquv-uslubiy va boshqa hujjatlar;
  • boʻlim faoliyati bilan bogʻliq barcha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar toʻplami;
  • > kafedralarning oʻquv-uslubiy materiallari.

 

V. Boʻlimning javobgarligi

 

14. Boʻlim xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan eng muhim ustuvor vazifalar va zamonaviy talablardan kelib chiqib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi qonuni, institut Ustavi hamda ushbu Nizomda belgilangan vazifalar, funksiyalar, majburiyatlarni toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, oʻz vakolatlari va huquqlaridan qonun hujjatlariga muvofiq  foydalanilishi uchun javob beradilar.

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: