Asosiy -> Institut haqida -> Qafedralar va bo`limlar -> IQTISODIY MUAMMOLAR BOʻYICHA STATISTIKA TADQIQOTLARI BOʻLIMI

IQTISODIY MUAMMOLAR BOʻYICHA STATISTIKA TADQIQOTLARI BOʻLIMI

IQTISODIY MUAMMOLAR BOʻYICHA STATISTIKA

TADQIQOTLARI BOʻLIMITOʻGʻRISIDA  N I Z O M

 

 

I. Umumiy qoidalar

 

1. Iqtisodiy muammolar boʻyicha statistika tadqiqotlari boʻlimi    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi  Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining (bundan keyingi oʻrinlarda “Institut” deb yuritiladi)  tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston  Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi qonuniga,  Oliy Majlis palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, institut Ustaviga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.

3. Tadqiqot masalalari boʻyicha faoliyatini  Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining  tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda yuritadi.

4. Boʻlim oʻz faoliyatini  direktorning ilmiy ishlar, innovatsiyalar  va xalqaro aloqalar boʻyicha  oʻrinbosari rahbarligida amalga oshiradi.

5. Boʻlim tarkibiga, boʻlim boshligʻi, bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis kiradi.

6. Boʻlimda  hujjatlar bilan ishlash    Nomenklatura  asosida olib boradi.

 

II. Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari

 

7. Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni qiyosiy oʻrganish, kuzatish va ilmiy tadqiq etish, mintaqaviy muammolar boʻyicha statistik tadqiqotlar olib borish natijasida istiqbolli xulosalar chiqarish hamda xulosalarga mos ravishda ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish;iqtisodiy  muammolar boʻyicha  statistika tadqiqotlari olib borish, shuningdek bu yoʻnalishdagi mahalliy va xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarida qatnashish;

statistika uslubiyotini xalqaro talab va standartlarga mos holda takomillashtirish boʻyicha zarur tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;

xalqaro tashkilotlar fondlarini jalb etgan holda, statistika va iqtisodiyot sohasida seminar va  konferensiya tashkil etish;

iqtisodiy soha boʻyicha va tadqiqot markazlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish va birgalikda tadqiqotlarni olib borish;

institutdagi oʻquv mashgʻulotlarida tegishli tartibda qatnashish.

8. Boʻlim oʻziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi funksiyalarni bajaradi:

iqtisodiyot sohasida tadqiqotlar olib borish hamda  tanlanma   kuzatuv oʻtkazish dasturini ishlab chiqadi;

ilmiy-tadqiqot ishlari reja va dasturlarini, shuningdek uslubiy tavsiyalarni va hujjatlarni chop ettiradi; 

statistika sohasidagi xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, ilgʻor chet el tajribasini oʻrganadi, umumlashtiradi va joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi; oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Davlat statistika qoʻmitasining tegishli boshqarmalaridan  zarur materiallarni oladi;

zarur hollarda olib borilayotgan  ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashish uchun ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarini oʻrnatilgan tartibda jalb etadi;

davlat statistika kuzatuvlari va rasmiy statistik axborotlar  boʻyicha zarur hollarda axborot–tushuntirish ishlarini olib boradi;

makroiqtisodiy  koʻrsatkichlarni shakllanishida uslubiy koʻmak beradi, koʻrsatkichlarni takomillishtirish borasida taklif va tavsiyalar kiritadi;

ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish  rejalarini, boʻlim vakolatiga kiruvchi meʼyoriy va uslubiy masalalar boʻyicha tavsiyalar va takliflar  ishlab chiqadi va ularni tasdiqlash uchun taqdim etadi;

maslahat va tijorat faoliyatini olib boradi, zarur hollarda uslubiy masalalar, shuningdek xoʻjalik-shartnomalariga oid ishlar boʻyicha Ilmiy kengashda ishtirok etadi;

bajarilgan  tadqiqot ishini  institut  Kengashi muhokamasiga taqdim etadi;

qonunchilik doirasidagi boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

 

III. Boʻlimning huquq va majburiyatlari

 

9. Boʻlim quyidagi huquqlarga ega:

xalqaro statistik standartlarni davlat statistika organlari amaliyotida tadbiq etish boʻyicha  ilmiy asoslangan tavsiyalar  ishlab chiqish;

xalqaro konferensiya, seminar, simpozium va yigʻilishlarda, xorijiy markazlarda va institutlarda stajirovka va tahsil olish boʻyicha qatnashish;

xalqaro tashkilotlar, fondlar va institutlar loyihalari va texnik yordam dasturlarida qatnashish;

institut rahbariyatining ruxsati bilan oʻrindoshlik asosida yoki soatbay haq toʻlash asnosida darslarni olib borishda qatnashish;

ilmiy-tadqiqot ishlarida katnashish uchun boshqa ilmiy tadqiqot institutlari hamda  oliy oʻquv yurtlari olimlari va mutaxassislarini oʻrnatilgan tartibda jalb etish;

boʻlimga tegishli masalalar muhokamasi yuzasidan Kengash yigʻilishlarida  ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Nizomga zid boʻlmagan boshqa ishlarni amalga oshirish.

10. Boʻlimning majburiyatlari quyidagilardan iborat:   

institut Ustavi hamda mazkur Nizom va boshqa meʼyoriy-xuquqiy  hujjatlarda belgilangan vazifalarni  zarur darajada va samarali bajarish;

davlat statistikasining asosiy tamoyillariga rioya etish;

boʻlimning tasdiqlangan yillik ish rejasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini yuqori saviyada oʻtkazish;

ilmiy maqola, risola, oʻquv qoʻllanmalari, monografiyalarni tayyorlashda ularning muhokamasida ishtirok etish, ularga taqriz berish;

institutda tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etish.

 

IV. Boʻlim faoliyatini tashkil etish

 

11. Boʻlim faoliyati ilmiy-tadqiqot ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi;

boʻlim oʻz faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishini boʻlim boshligʻi raisligida oʻtkaziladigan majlislarda muhokama etadi;

boʻlim  Qoʻmita tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqikot ishlarini olib boradi, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qiladi;

boʻlim zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy taʼminotlarni ish jarayonida qoʻllanilishini taʼminlaydi, ilmiy-tadqiqot bilan shugʻullanuvchi yosh xodimlarning malaka va koʻnikmalarni egallashlarida yordam beradi, hamda axborot bazasini yaratadi;

boʻlim byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish va  ilmiy- texnikaviy yordam koʻrsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari bilan  iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi dolzarb masalalar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yuzasidan  aloqa oʻrnatadi;

boʻlim xorijiy ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan iqtisodiyot, ijtimoiy soha va statistika sohasidagi  hamkorlik aloqalarini rivojlantirish asosida ularning faoliyatidagi  ilgʻor tajribalarini oʻrganadi, shuningdek ushbu tajribalardan boʻlimning faoliyatida samarali foydalanadi.

12. Boʻlimda quyidagi hujjatlar mavjud boʻlishi kerak:

boʻlim faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy –xuquqiy hujjatlar toʻplami;

boʻlimda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari hamda xodimlarning mustaqil ish rejalari.

 

V. Boʻlimning javobgarligi

 

13. Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muhim ustuvor vazifalar va zamonaviy talablardan kelib chiqib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, institut Ustavi  hamda ushbu Nizomda belgilangan vazifalar, funksiyalar, majburiyatlarni toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, oʻziga berilgan vakolatlar, huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi uchun javob beradi.

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: