Asosiy -> Institut haqida -> Qafedralar va bo`limlar -> “AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA RAQAMLI IQTISODIYOT” KAFEDRASI

“AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA RAQAMLI IQTISODIYOT” KAFEDRASI

“AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI

VA RAQAMLI IQTISODIYOT” KAFEDRASI

TOʻGʻRISIDAN I Z O M

 

Mazkur Nizom Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot” kafedrasining faoliyatini tashkil etish tartibini, asosiy vazifalariniva funksiyalarini belgilaydi.


I.  Umumiy qoidalar

 

1.“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi (keyingi oʻrinlarda “kafedra” deb yuritiladi) 2002- yil 12- dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi 41–II-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 31- iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3165-sonli va 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ - 4273 - sonli qarorlari, Vazirlar Mahkamasining  2019- yil 17- avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 686-sonli hamda 2020-yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 690-sonli va 2017-yil 2- sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom”, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 10- sentabrdagi 94-sonli buyrugʻi asosida tasdiqlangan “Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining ustavi” va mazkur nizomga muvofiq faoliyat yuritadi.

Kafedrada bir yoki bir necha turdosh fanlar, institutda tashkil etilgan sohaga oid davlat buyurtmasi boʻyicha oʻquv kurslari, tijorat kurslari, uslubiy, ilmiy - uslubiy, ilmiy - tadqiqot, tashkiliy - uslubiy, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

2.Kafedra tarkibiga professor - oʻqituvchi toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent va katta oʻqituvchi xodimlar kiradi.

3.Kafedraning professor - oʻqituvchilari “Taʼlim muassasalariga oʻqituvchi pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq va direktor buyrugʻi asosida ishga qabul qilinadi.

4.Kafedra oʻquv, ilmiy va tarbiyaviy xarakterdagi taʼlim jarayonini amalga oshirish uchun oʻquv auditoriyalari, kabinetlari va boshqa xonalar bilan taʼminlanadi.


II. Kafedrani tashkil etish va boshqarish

 

5.Kafedrada toʻrt yarimta shtat birligi mavjud boʻlib, ularning kamida ikkitasi fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlganda tashkil etiladi.

6.Bundan istisno holatlar boʻyicha kafedralarni tashkil etish, boʻysunishiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishgan  holda  institut tomonidan amalga oshiriladi.

7.Kafedra bevosita institut direktorining Oʻquv - uslubiy ishlar  boʻyicha birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi.

8.Kafedraning tuzilishi va shtatlar roʻyxati institut direktorining buyrugʻiga muvofiq tasdiqlanadi.

9.Kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan hamda belgilangan tartibda tanlovdan oʻtgan va insitut direktorining buyrugʻi bilan tayinlangan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy maʼsuliyat yuklatiladi.

10.Kafedra mudiri va professor-oʻqituvchilarining shaxsiy ish rejasi kafedra majlisida koʻrib chiqilib, majlis bayonnomasining qaror qismida tavsiya etilgandan soʻng institut direktori tomonidan tasdiqlanadi.

 

III.  Kafedra mudirining vazifalari

 

11 . Kafedra mudiri:

institut miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
kafedra ish rejasini joriy oʻquv yil uchun tuzib chiqadi, professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
kafedra professor - oʻqituvchilariga yillik oʻquv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
kafedraga professor - oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish, ishdan boʻshatish va xodimlarni yangi vazifalarga tayinlash, ularni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, intizomiy chora koʻrish toʻgʻrisida institut rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
institutning tegishli xizmat boʻlinmalaridan oʻquv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sharoitlarni taʼminlashni talab etadi;
belgilangan tartib va muddatlarda oʻquv yilidagi faoliyati boʻyicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, institut Ilmiy kengashi majlislarida hisobot beradi.

 

IV.  Kafedranig asosiy vaziflari va funksiyalari

 

12.Kafedra faoliyati oʻquv, ilmiy - uslubiy, ilmiy - tadqiqot, tashkiliy - uslubiy va maʼnaviy - maʼrifiy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida oʻtkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga, zaruratga qarab, Davlat statistika qoʻmitasi xodimlari, boshqa kafedralar, taʼlim muassasalaridan hamda sohaga oid korxonalardan xodimlar taklif etilishi mumkin.

13.Kafedraning asosiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat statistika organlari xodimlarining kasbiy malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda ishtirok etish;

kafedrada oʻqitiladigan fanlar va tijorat kurslari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning taʼlim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;

kafedrada oʻqitiladigan fanlar va tijorat kurslari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan oʻquv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, “Raqamli iqtisodiyot” sohasida tadqiqotlar olib borish va internet texnologiyalarini joriy etish hamda masofaviy taʼlim sohasini takomillashtirishga oid loyihalarda ishtirok etish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “Raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish masalalari boʻyicha markazlashgan va xududiy seminarlarni oʻtkazishda ishtirok etish;

amaldagi davlat taʼlim standartiga (davlat talablariga) mos darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv - uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar berish;

oʻquv rejalaridagi fanlar boʻyicha belgilangan mashgʻulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy - uslubiy va kasbiy darajada, innovatsion usullarni qoʻllagan holda oʻtkazish, taʼlim sifatini taʼminlash;

qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv mashgʻulotlarini masofadan oʻqitish tizimidan foydalangan holda oʻtkazish boʻyicha kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan tegishli tayyorgarlik ishlarini olib borishni tashkil etish;

tinglovchilarning bitiruv ishlari, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

tinglovchilar bilimining reyting nazoratini joriy etish, ularning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;

tinglovchilar ilmiy - ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, oʻquv mashgʻulotlarini individual va jamoa boʻlib bajarishga oʻrgatish, ularning oʻquv faoliyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy - texnikaviy shart - sharoitlar yaratish;

tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqikot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlash;

kafedra oʻqituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi oʻquv, ilmiy- uslubiy, ilmiy - tadqiqot, tashkiliy - uslubiy va maʼnaviy - maʼrifiy  ishlarini koʻrib chiqish, tajribali va yangi innovatsion usullarni qoʻllayotgan oʻqituvchilar faoliyatini oʻrganish, umumlashtirish va ilgʻor tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

zamonaviy pedagogik va innovatsion usullarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishni boshlagan yosh oʻqituvchilarga pedagogik malaka va koʻnikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarida zamonaviy oʻquv-texnika vositalaridan, yakka tartibda oʻqitish va mustaqil taʼlim olish uslublaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish, oʻqitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus oʻquv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali oʻqitish elementlarini rivojlantirish;

ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar boʻyicha doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilishda, taʼlim hujjatlarining meʼyor talablariga javob berishini belgilash boʻyicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

xorijiy taʼlim muassasalari bilan taʼlim sohasidagi innovatsion hamkorlik aloqalarini rivojlantirish asosida ularning ilgʻor ish tajribalarini oʻrganib, maqbul usul va uslubiyotlardan oʻquv jarayonlarida taʼsirchan va samarali foydalanish;

kafedrada oʻqitiladigan fanlar va tijorat kurslarida amaliy mashgʻulotlarni toʻliq va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan jihozlanishi boʻyicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida ochiq maʼruzalar oʻtish, tarqatma materiallarni tayyorlash, mashgʻulotlarni amaliyot bilan bogʻlab olib borish har bir professor-oʻqituvchining kundalik ish faoliyatiga aylanishini taʼminlash;

oʻzaro darslarga kirishni tashkil etish va kafedra professor - oʻqituvchilarining dars oʻtish sifatini muntazam muhokama qilib borish;

institut axborot - resurs markazining kafedra fanlari va tijorat kurslariga oid yangi oʻquv, ilmiy - texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz toʻldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.

14. Kafedrada quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:

institut Ustavi, institut Ilmiy kengashi nizomi;

kafedra nizomi, kafedra mudiri va professor-oʻqituvchilari lavozim yoʻriqnomalari;

kafedrada oʻqitiladigan fanlar va tijorat kurslari boʻyicha oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari va ishchi dasturlar;

amaldagi tartib qoidalarga muvofiq oʻquv, ilmiy - uslubiy, ilmiy - tadqiqot, tashkiliy - uslubiy va maʼnaviy - maʼrifiy ishlarni qamrab olgan ish rejalari;

kafedra fanlari va tijorat kurslari boʻyicha amaldagi meʼyoriy, oʻquv-uslubiy va boshqa hujjatlar;

anketa maʼlumotlariga ega boʻlgan kafedra tarkibining roʻyxati, majlislar bayonnomalari;

kafedra faoliyati bilan bogʻliq barcha meʼyoriy - huquqiy hujjatlar toʻplami.

 

V. Kafedraning javobgarligi

 

15.Kafedra oʻz faoliyatini  Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mamlakat miqyosida amal qiluvchi boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar doirasida belgilangan normalarga asosan tashkil etishga masʼuldir.

16.Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan eng muhim ustuvor vazifalar va zamonaviy talablar hamda institut ustavi va mazkur nizomga asosan kafedra oʻz faoliyati doirasidagi ishlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun javobgardir.

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: