Asosiy -> Institut haqida -> Qafedralar va bo`limlar -> KADRLAR XIZMATI

KADRLAR XIZMATI

KADRLAR XIZMATI

TOʻGʻRISIDA  N I Z O M

 

I. Umumiy qoidalar

 

1. Kadrlar xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi  Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining (keyingi oʻrinlarda “Institut” deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

2. Kadrlar xizmati oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston  Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi qonuniga, Mehnat kodeksiga, Oliy Majlis palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Institut Ustaviga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.

3.  Kadrlar masalalari boʻyicha faoliyatini  Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining  tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda yuritadi.

4.  Kadrlar xizmati oʻz faoliyatini  Institut direktori rahbarligida amalga oshiradi.

 

II. Kadrlar xizmatining  asosiy vazifalari va funksiyalari

 

5.  Kadrlar xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

kadrlarni tanlash va joylashtirish boʻyicha ishlarni tashkil qilish        va amalga oshirish, ularning malakasini oshirish;

rahbarlik lavozimlariga koʻtarish uchun kadrlar zahirasini shakllantirish va tayyorlash;

institut tuzilmasi va shtatlar jadvalini maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish;

xodimlar bilan ishlashda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari meʼyorlariga rioya etilishini taʼminlash;

institut xodimlarining ish qobiliyatini oshirish maqsadida, ishlash uchun qulay shart-sharoit yaratishga va jamoada sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhitni saqlab turishga doir ishlarni amalga oshirish;

kadrlar ishiga oid yangi usullar va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, kadrlarga doir hujjatlarni muvofiqlashtirish va oʻz faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.

6.  Kadrlar xizmati oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, institut xodimlarining tanlanishi va joy-joyiga qoʻyilishini taʼminlaydi;

institut xodimlarini ishga qabul qilish (tegishli hollarda tanlov asosida), boshqa ishga oʻtkazish    va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida takliflar tayyorlab, koʻrib chiqish uchun rahbariyatga taqdim etadi;

xodimlarning amaliy va kasbiy sifatlarini oʻrganadi, ularning kasbiy va lavozim pogʻonalarida oʻsishini rejalashtiradi;

belgilangan tartibda xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etadi, attestatsiya yakunlarini tahlil qiladi, tegishli hujjatlar hamda buyruqlarni tayyorlaydi  va rasmiylashtiradi;

institut tuzilma va shtat birliklariga oʻzgartirishlar hamda toʻldirishlar kiritish,  lavozimlar nomenklaturasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi va institut rahbariyatiga tegishli takliflar kiritadi;

kadrlar shaxsiy tarkibining shaxsiy va statistik hisobini yuritadi hamda belgilangan hisobotlarni tayyorlaydi;

xodimlarning mehnat daftarchalari (shu jumladan, amalga kiritilgan vaqtdan boshlab elektron shakldagi mehnat daftarchalari), shaxsiy yigʻmajildlari  hamda boshqa hisobga olish hujjatlarini yuritadi va saqlanishini taʼminlaydi;

kafedra va boʻlimlarda kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish   hamda amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;

xodimlarning xizmat safarlari boʻyicha buyruqlarni tayyorlaydi, xizmat safari guvohnomalarini va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi, xizmat safariga yuboriladigan xodimlar hisobini yuritadi;

mehnat taʼtillaridan oʻz vaqtida foydalanilishini nazorat qiladi, bu borada belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi;

kadrlar xizmatiga taalluqli masalalar boʻyicha xatlar, takliflar, arizalar, fuqarolar va institut xodimlari murojaatlarini belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi va ijro intizomiga rioya etilishini taʼminlaydi;

institut uchun kadrlar tayyorlash maqsadida, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni, shuningdek yubiley sanalari munosabati bilan davlat mukofotlari, faxriy yorliqlar, mukofotlar bilan taqdirlash hamda ular uchun ragʻbatlantirishning boshqa turlarini qoʻllash yuzasidan hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlaydi;

belgilangan tartibda kasallik varaqalarini rasmiylashtiradi, institut xodimlariga pensiyalar tayinlanishi munosabati bilan hujjatlarni tayyorlaydi;

mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan doimiy nazoratni tashkil etadi,  xodimlarning intizomiy javobgarligi masalalari boʻyicha koʻrib chiqish uchun takliflar tayyorlaydi;

tasdiqlangan tartibga muvofiq, institut xodimlariga xizmat guvohnomalari  rasmiylashtirilishi hamda berilishini tashkil etadi;

xodimlarning hozirgi va avvalgi mehnat faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotnomalar beradi;

oʻziga yuklatilgan vazifalarni toʻliq bajarish maqsadida boshqa funksiyalarni amalga oshirish.

 

III. Kadrlar xizmatining huquqlari va majburiyatlari

 

7.  Kadrlar xizmati oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Institutda mehnat qonunchiligiga hamda kadrlar bilan bogʻliq meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish va tekshirish;

mehnat qonunchiligi hamda kadrlar bilan bogʻliq qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish, amaldagi mehnat qonunchiligi talablarini buzilishiga yoʻl qoʻygan  xodimlarni javobgarlikka tortish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar berish;

kadrlar bilan ishlash hamda  institut tuzilmasi va shtatlar jadvalini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda rahbariyatga takliflar kiritish;

institut rahbariyati oʻtkazadigan yigʻilishlar va kengashlar ishida qatnashish;

oʻz vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha maʼlumotlarni va zarur boʻlgan materiallarni tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlardan  soʻrab olish;

kafedra va boʻlimlardan  oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda olish va boshqalar;

8.  Kadrlar xizmati quyidagi majburiyatlarga ega:

ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalarni zarur darajada va samarali bajarish;

mehnat qonunchiligi hamda kadrlar bilan bogʻliq qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish;

saqlash muddati oʻtgan xujjatlarni  belgilangan tartibda idoraviy arxivga saqlash uchun topshirish.

 

 IV. Kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etish

 

9.  Kadrlar xizmati faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi qonuni, institut Ustavi, ushbu Nizom, institut buyruqlari va topshiriqlari asosida tashkil etiladi.

Kadrlar xizmati xodimining lavozim yoʻriqnomasi boʻlimga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda tayyorlanadi va institut direktori tomonidan  tasdiqlanadi.

Kadrlar xizmati  vakolatiga kiradigan masalalarni muhokama qilishda idora  va tashkilotlarda institut nomidan qatnashadi.

 

V. Kadrlar xizmatining javobgarligi

 

10.Kadrlar xizmati institutda mehnat qonunchiligi meʼyorlariga rioya etilishini taʼminlash va boʻlimga tegishli maʼlumotlarning (zarur hollarda) maxfiyligini taʼminlashga, kelib tushgan va chiqayotgan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash uchun javobgar.

11.Kadrlar xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan eng muhim ustuvor vazifalar va zamonaviy talablardan kelib chiqib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining  “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi qonuni, institut Ustavi hamda ushbu Nizomda belgilangan vazifalar, funksiyalar, majburiyatlarni toʻliq, oʻz vaqtida   va sifatli amalga oshirilishi, oʻziga berilgan vakolatlar, huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi uchun javob beradi.

 

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: