Asosiy -> Institut haqida -> Qafedralar va bo`limlar -> TARMOQ VA MINTAQAVIY MUAMMOLARNING STATISTIKA TADQIQOTLARI BOʻYICHA LOYIHA

TARMOQ VA MINTAQAVIY MUAMMOLARNING STATISTIKA TADQIQOTLARI BOʻYICHA LOYIHA

TARMOQ VA MINTAQAVIY MUAMMOLARNING STATISTIKA TADQIQOTLARI 

BOʻYICHA  LOYIHA  TOʻGʻRISIDA  N I Z O M

 

 I.Umumiy qoidalar


1. Tarmoq va mintaqaviy muammolarning statistika tadqiqotlari boʻyicha loyiha (bundan keyingi oʻrinlarda “Loyiha” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi  Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining (bundan keyingi oʻrinlarda “Institut” deb yuritiladi) xoʻjalik faoliyati hisobidan moliyalashtirilgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

2.  Loyiha institut Kengashining qarori asosida direktorning buyrugʻi bilan tashkil etiladi va tugatiladi.

3.Loyihaning tuzilishi va uning shtatlar roʻyxati institut direktori tomonidan tasdiqlanadi.

4.Loyiha bevosita direktorning ilmiy ishlar, innovatsiyalar  va xalqaro aloqalar boʻyicha  oʻrinbosari va bilvosita direktorga boʻysunadi.

5.Loyiha  tarkibiga, loyiha rahbari va tegishli ilmiy xodimlar  kiradi.

 

II.Loyihaning maqsadi,  asosiy vazifalari va funksiyalari

 

7.Loyihaning maqsadi shartnoma asosida  tarmoq va mintaqaviy muammolarning koʻrsatkichlarni qiyosiy oʻrganish, kuzatish va ilmiy tadqiq etish, tarmoq va mintaqaviy muammolar boʻyicha statistik tadqiqotlar olib borish natijasida istiqbolli xulosalar chiqarish hamda xulosalarga mos ravishda ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

8. Loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

shartnoma asosida  tarmoq va mintaqaviy muammolar boʻyicha  statistika tadqiqotlari olib borish, shuningdek bu yoʻnalishdagi mahalliy va xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarida qatnashish;

statistika uslubiyotini xalqaro talab va standartlarga mos holda takomillashtirish boʻyicha zarur tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;

xalqaro tashkilotlar fondlarini jalb etgan holda, statistika va iqtisodiyot sohasida seminar va  konferensiya tashkil etish;

tarmoq va mintaqaviy muammolar  boʻyicha va tadqiqot markazlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish va birgalikda tadqiqotlarni olib borish;

Institutdagi oʻquv mashgʻulotlarida tegishli tartibda qatnashish.

9.Loyiha yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi funksiyalarni bajaradi:

tarmoq va mintaqaviy muammolar  boʻyicha tadqiqotlar olib borish hamda  tanlanma   kuzatuv oʻtkazish dasturini ishlab chiqadi;

ilmiy-tadqiqot ishlari reja va dasturlarini, shuningdek uslubiy tavsiyalarni va hujjatlarni chop ettiradi; 

tarmoq va mintaqaviy muammolar  boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, ilgʻor chet el tajribasini oʻrganadi, umumlashtiradi va joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Davlat statistika qoʻmitasining tegishli boshqarmalaridan  zarur materiallarni oladi;

zarur hollarda olib borilayotgan  ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashish uchun ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarini oʻrnatilgan tartibda jalb etadi;

davlat statistika kuzatuvlari va rasmiy statistik axborotlar  boʻyicha zarur hollarda axborot–tushuntirish ishlarini olib boradi;

tarmoq va mintaqaviy muammolarni shakllanishida uslubiy koʻmak beradi, koʻrsatkichlarni takomillishtirish borasida taklif va tavsiyalar kiritadi;

maslahat va tijorat faoliyatini olib boradi, zarur hollarda uslubiy masalalar, shuningdek xoʻjalik-shartnomalariga oid ishlar boʻyicha Ilmiy kengashda ishtirok etadi;

bajarilgan  tadqiqot ishini  institut  Kengashi muhokamasiga taqdim etadi;

qonunchilik doirasidagi boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

 

III. Loyihaning huquq va majburiyatlari

 

10. Loyiha  quyidagi huquqlarga ega:

xalqaro statistik standartlarni davlat statistika organlari amaliyotida tadbiq etish boʻyicha  ilmiy asoslangan tavsiyalar  ishlab chiqish;

xalqaro konferensiya, seminar, simpozium va yigʻilishlarda, xorijiy markazlarda va institutlarda stajirovka va tahsil olish boʻyicha qatnashish;

xalqaro tashkilotlar, fondlar va institutlar loyihalari va texnik yordam dasturlarida qatnashish;

institut rahbariyatining ruxsati bilan oʻrindoshlik asosida yoki soatbay haq toʻlash asnosida darslarni olib borishda qatnashish;

ilmiy-tadqiqot ishlarida katnashish uchun boshqa ilmiy tadqiqot institutlari hamda  oliy oʻquv yurtlari olimlari va mutaxassislarini oʻrnatilgan tartibda jalb etish;

loyihaga tegishli masalalar muhokamasi yuzasidan Kengash yigʻilishlarida  ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Nizomga zid boʻlmagan boshqa ishlarni amalga oshirish.

11.Loyihaning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

institut Ustavi hamda mazkur Nizom va boshqa meʼyoriy-xuquqiy  hujjatlarda belgilangan vazifalarni  zarur darajada va samarali bajarish;

davlat statistikasining asosiy tamoyillariga rioya etish;

loyihaning tasdiqlangan yillik ish rejasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini yuqori saviyada oʻtkazish;

ilmiy maqola, risola, oʻquv qoʻllanmalari, monografiyalarni tayyorlashda ularning muhokamasida ishtirok etish, ularga taqriz berish;

institutda tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etish.

 

IV. Loyiha faoliyatini tashkil etish

 

12. Loyiha faoliyati ilmiy-tadqiqot ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.

loyiha  faoliyatiga tegishli vazifalarning bajarilishi loyiha rahbari boshchiligida  oʻtkaziladigan majlislarda muhokama etiladi

loyiha institut  tomonidan vazirliklar, idoralar tashkilotlar va hududiy boshqaruv organlari bilan tuzilgan qaroriga  muvofiq ilmiy-tadqikot ishlarini olib boradi, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qiladi.

loyiha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy taʼminotlarni ish jarayonida qoʻllanilishini taʼminlaydi, ilmiy-tadqiqot bilan shugʻullanuvchi yosh xodimlarning malaka va koʻnikmalarni egallashlarida yordam beradi, hamda axborot bazasini yaratadi.

loyiha byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish va  ilmiy- texnikaviy yordam koʻrsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari bilan  iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi dolzarb masalalar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yuzasidan  aloqa oʻrnatadi.

loyiha xorijiy ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan iqtisodiyot, ijtimoiy soha va statistika sohasidagi  hamkorlik aloqalarini rivojlantirish asosida ularning faoliyatidagi  ilgʻor tajribalarini oʻrganadi, shuningdek ushbu tajribalardan loyihaning faoliyatida samarali foydalanadi. 

13. Loyihada quyidagi hujjatlar mavjud boʻlishi kerak:

loyiha faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan meʼyoriy –xuquqiy hujjatlar toʻplami;

loyihada amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot, va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar rejalari hamda xodimlarning mustaqil ish rejalari.

 

V. Loyihaning javobgarligi

 

14.Loyiha xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muhim ustuvor vazifalar va zamonaviy talablardan kelib chiqib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi qonuni, institut Ustavi  hamda ushbu Nizomda belgilangan vazifalar, funksiyalar, majburiyatlarni toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, oʻziga berilgan vakolatlar, huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi uchun javob beradilar.

 

 

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: