Asosiy -> Institut haqida -> Mehmonxona -> Mehmonxona

Mehmonxona

Мехмонхона

Mehmonxona turidagi yotoqxona toʻgʻrisida.

 

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutiga qarashli 9 qavatli mehmonxona turidagi yotoqxona Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shohkoʻchasi, 42B - uy manzilida joylashgan.

 

Mehmonxona malaka oshirish kurslarida ishtirok etadigan Davlat statistika qoʻmitasi tizimi xodimlari va boshqa tashrif buyuruvchilar uchun moʻljallangan. Mehmonxonada 1, 2 va 3 kishilik xonalar mavjud boʻlib, ular tashrif buyuruvchilarning yashashlari va dam olishlari uchun barcha sharoitlarga ega. Mehmonxonada narxlar xonalar toifasidan kelib chiqqan holda belgilangan boʻlib, shu bilan birga, shahardagi ushbu turdagi maskanlarda oʻrnatilgan narxlarga nisbatan arzon.

 

Mehmonxonaning joylashuvi ham tashrif buyuruvchilar uchun har tomonlama juda qulay boʻlib, Mustaqillik shohkoʻchasi boʻyida (jamoat transportida 17, 24, 98 – yoʻnalishdagi avtobuslarning “Toshkent viloyati statistika boshqarmasi” bekati), metroning “Pushkin” (masofa 200 metr) va “Buyuk ipak yoʻli” (600 metr) bekatlari oraligʻida joylashgan.

 

Mehmonxona Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti binolariga juda yaqin joylashgan.

 

Tashrif buyuruvchilarning mazmunli xordiq chiqarishlari va yaxshi ovqatlanishlari uchun mehmonxonaga juda yaqin manzillarda turli xil milliy va yevropa taomlarini taklif etadigan “Bolo xovuz” kafesi (100 metr), “Bek”, “Sayyor”, “Arbat” va “Dasturxon” restoranlari (500 metr atrofida) faoliyat olib bormoqda.

 

Sizni mehmonxonamizda koʻrishdan xursandmiz.

 

Maʼlumot olish uchun telefonlar: 71-230-81-98, 90-943-65-10.

Mehmonxona nizomi

Столовая Столовая Столовая Столовая



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: