Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> Iqtisodiyot fanlari doktori, professor M.A.Abduraxmanov bilan davra suhbati.

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor M.A.Abduraxmanov bilan davra suhbati.

    2022 yil 12 may kuni Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida Qozog‘iston iqtisodiyot, moliya va xalqaro savdo universitetining professori, iqtisodiyot fanlari doktori Abduraxmanov Mirzatilla Abdullayevich ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu davra suhbatida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti raxbariyati va professor-o‘qituvchilari, institut doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari hamda o‘quv kurslari tinglovchilari ishtirok etishdi.

    Davra suhbatida professor M.Abduraxmanov tadbir ishtirokchilariga Qozog‘iston iqtisodiyot, moliya va xalqaro savdo universiteti faoliyati, o‘zining ilmiy faoliyati va hayot tajribalari to‘g‘risida gapirib berdi va institut professor-o‘qituvchilari va doktorantlarining ilmiy yo‘nalishdagi ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi va o‘zining tegishli tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

    Davra suhbati Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti va Qozog‘iston iqtisodiyot, moliya va xalqaro savdo universiteti o‘rtasida 2019 yil 27 martda imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning amaldagi ijrosi sifatida ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.



 

 

Xalqaro va jamoatchilik bilan aloqalar xizmati 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: