Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> Institutimizda joriy yilning 14-iyun kuni Toshkent moliya instituti professor o`qituvchilari bilan oʻquv rejalar va o`quv dasturlari muhokamasi bo`lib oʻtdi.

Institutimizda joriy yilning 14-iyun kuni Toshkent moliya instituti professor o`qituvchilari bilan oʻquv rejalar va o`quv dasturlari muhokamasi bo`lib oʻtdi.

    2022-yil 14-iyun kuni soat 15:00 da Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida Toshkent moliya instituti “Statistika va ekonometrika”  hamda “Iqtisodiy tahlil” kafedralari tomonidan taqdim etilgan 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab 60410800 – Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 60411500 – “Biznes- taʼlim yoʻnalishlari hamda 70410801 – Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 70310201 – “Ekonometrika” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv reja va dasturlari muhokamadan oʻtkazildi.

    Muhokamada Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, i.f.d., prof. B.K.Gʻoyibnazarov, Institutning “Masofaviy oʻqitishni tashkil etish” bo`limi boshligʻi, i.f.d., prof. B.Ataniyazov, institutning kafedra professor-oʻqituvchilari – A.Siddiqov, Sh.Djumaniyazov va M.Sunnatovlar hamda Toshkent moliya instituti Oʻquv-uslubiy boshqarma maʼsul xodimi Jurayev I., “Statistika va ekonometrika” kafedrasi mudiri B.Utanov, “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi mudiri Z.Sagdillayevalar ishtirok etishib, ularga yangi oʻquv yilidan boshlab oʻquv rejalarni takomillashtirish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

    Muhokama natijasida 60410800 – Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 60411500 – “Biznes-tahlil” taʼlim yoʻnalishlari hamda 70410801 – Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 70310201 – “Ekonometrika” magistratura mutaxassisliklarining oʻquv rejalaridagi fanlar nomi va uning oʻquv dasturlari tubdan oʻzgartirildi.

    Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 03-avgustdagi PQ 4796-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha belgilab berilgan chora-tadbirlaridan kelib chiqib oʻzgartirishlar kiritildi.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: