Axborot texnologiyalari, ularning rivojlanish darajasi va amaliyotda qo'llanilishi, shuningdek, ularni qo'llab-quvvatlovchi telekommunikatsiya infratuzilmasi - iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim omiliga aylanmoqda.
2021- yilning yanvar-avgust oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 10 395,6 milliard so'mni tashkil etganligi qayd etildi. Ko'rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 6,0 %ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar - avgust oylari bilan taqqoslaganda, ushbu xizmat turining o'sish sur'ati 120,5 %ga yetdi.
2021- yilning yanvar-avgust oylarida aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xizmatlarining yuqori o'sish sur'atlari Toshkent (131,8 %), Sirdaryo (126,8 %), Surxondaryo (120,8 %), Xorazm (120,3 %) va Qashqadaryo (120,0 %) viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida (122,5 %) qayd etildi.
Matbuot xizmati