Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> Yangi yilda yangi hamkorlar

Yangi yilda yangi hamkorlar

Yangi yilda yangi hamkorlar

    2022-yil 6-yanvar kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori prof. B. Gʻayibnazarov va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi direktori B. Uglamov tomonidan oʻzaro foydali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida, 2022-2027 yillarga moʻljallangan hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Memorandumning maqsadi boʻlib, raqamli iqtisodiyot sohasida mutaxassislarni oʻqitish va malakasini oshirish, statistik maʼlumotlar almashish, Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish va tadbiq etish, hisoblanadi.

    Memorandum doirasida tomonlar bir qator  yoʻnalishlarda hamkorlikni amalga oshirish belgilangan boʻlib, shulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi. Jumladan:

     tomonlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri sheriklik aloqalarini oʻrnatish;

     ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;

     oʻzaro manfaatli qoʻshma anjumanlar, seminarlar, akademik mashgʻulotlar tashkil etish;

     statistik va boshqa maʼlumotlardan hamkorlikda foydalanish hamda oʻzaro kelishuv boʻyicha boshqa yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi.

    Ushbu memorandum talablarini ijro etish istiqbolda bir vaqtning ikki tomonga ham qulay va samarali oʻquv, ilmiy hamda uslubiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: