Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> Anʼanaviy va masofadan oʻqitish (onlayn) shaklida joriy yilning noyabr oyida tashkil etilgan oʻquv kurslarining yakunlangani toʻgʻrisida

Anʼanaviy va masofadan oʻqitish (onlayn) shaklida joriy yilning noyabr oyida tashkil etilgan oʻquv kurslarining yakunlangani toʻgʻrisida

    Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan 2020 yil 30 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika organlari xodimlarini 2021 yilda qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va oʻquv kurslarini oʻtkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida shu yilning noyabr oyida davlat statistika organlari xodimlari uchun tashkil etilgan quyidagi oʻquv kurslari yakunlandi:

1. Masofaviy (onlayn) oʻqitish shaklida:

- “Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari” (tuman va shahar statistika boʻlimlarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) – 16 - 25 noyabr.

2. Anʼanaviy oʻqitish shaklida:

- “Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi” (Davlat statistika qoʻmitasining AKT boʻyicha va hududiy statistika boshqarmalarining Dasturiy - texnik taʼminot va maʼlumotlarni saqlash markazlari xodimlari uchun) - 03 - 16 noyabr.

- “Tanlanma kuzatuv: nazariya, uslubiyot va amaliyot” (tuman va shahar statistika boʻlimlarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) - 03 - 16 noyabr;

- “Iqtisodiy - statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” (tuman va shahar statistika boʻlimlarining boshliqlari uchun) - 17- 30 noyabr;

- “Milliy hisoblar tizimi” (tuman va shahar statistika boʻlimlarining boshliqlari uchun) - 22 - 27 noyabr. 

Mazkur oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi guvohnoma berildi.

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: