Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida davra suhbati oʻtkazildi.

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida davra suhbati oʻtkazildi.

    Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida oʻquv kursi tinglovchilari va Davlat statistika qoʻmitasi tegishli tarmoq boshqarmalarining masʼul rahbar hodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

    2021 yilning 26 noyabr kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Iqtisodiy - statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” va “Milliy hisoblar tizimi” oʻquv kurslarida malaka oshirayotgan tuman va shahar statistika boʻlimlari boshliqlari bilan Davlat statistika qoʻmitasining Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshligʻi Sh.Gʻulomov, Kadrlar boshqarmasi boshligʻi Z.Tolipova, Axborot tizimlarini rivojlantirish va joriy etish boʻlimi boshligʻi Gʻ.Eshmurodov, Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boʻlim boshligʻi F.Roʻzimatov, Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʻrsatish boshqarmasi va Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi masʼul xodimlarining sohaga doir muammoli masalalar boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.

    Davra suhbatida tinglovchilar qishloq xoʻjaligi va ekologiya sohasi hamda tadbirkorlik subʼektlari boʻyicha davlat statistika hisobotlarini toʻldirish va topshirish, statistik registrni yuritish, davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda taqdim etishning EStat.4 avtomatlashtirilgan axborot tizimi, shuningdek kadrlar bilan ishlash va buxgalteriya masalalari boʻyicha mavjud masalalar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq tushuntirish, tegishli koʻrsatmalar va tavsiyalar olishdi.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: