Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> Kadrlar malakisini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida MDH statistika qo`mitasi vakillari bilan davra suhbati bo`lib o`tdi

Kadrlar malakisini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida MDH statistika qo`mitasi vakillari bilan davra suhbati bo`lib o`tdi

    2021 yil 16 noyabr kuni institutda professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchi va ilmiy boʻlim хodimlar ishtirokida MDH davlatlararo statistika qoʻmitasining raisi Vladimir Leonidovich Sokolin va boshqarma boshligʻi Irina Aleksandrovna Zbarskaya ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatni institut direktori  professor B. Gʻayibnazarov olib bordi. Davra suhbatida statistika metodologiyasi, hamda mamlakatimizda tajriba sinovi tarzida oʻtkazilayotgan aholini roʻyxatga olish jarayoni toʻgʻrisida axborot berildi.

    Shuningdek, davra suhbatida MDH statistika qoʻmitasi vakillari milliy statistika tizimini xalqaro statistika tizimiga integratsiya qilish, xalqaro standartlar, tarmoqlar statistikasi, ijtimoiy statistikani rivojlantirish hamda kadrlar malakasini oshirishda institutning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish masalalarini keng muhokama qildilar.

    Tadbir soʻngida prof N. Haydarov, akademik S. Gʻulomov va Ye. Kiyatkina va boshqa xodimlar mehmonlarga savollar bilan murojaat qilib, tegishli va asosli javoblarni olishga muvaffaq boʻldilar.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: