Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> Anʼanaviy va masofadan oʻqitish (onlayn) shaklida joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladigan oʻquv kurslari toʻgʻrisida

Anʼanaviy va masofadan oʻqitish (onlayn) shaklida joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladigan oʻquv kurslari toʻgʻrisida

    2020 yil 30 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika organlari xodimlarini 2021 yilda qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va oʻquv kurslarini oʻtkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning noyabr oyida quyidagi oʻquv kurslari tashkil etiladi:

    1. Anʼanaviy oʻqitish shaklida:

    - “Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi” (Davlat statistika qoʻmitasining AKT boʻyicha va hududiy statistika boshqarmalarining Dasturiy - texnik taʼminot va maʼlumotlarni saqlash markazlari xodimlari uchun) - 03 - 16 noyabr;

    - “Tanlanma kuzatuv: nazariya, uslubiyot va amaliyot” (tuman va shahar statistika boʻlimlarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun mutaxassislari uchun) - 03 - 16 noyabr;

    - “Iqtisodiy - statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” (tuman va shahar statistika boʻlimlarining boshliqlari uchun) - 17- 30 noyabr;

    - “Milliy hisoblar tizimi” (tuman va shahar statistika boʻlimlarining boshliqlari uchun) - 22 - 27 noyabr. 

    2. Masofaviy (onlayn) oʻqitish shaklida:

    - “Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari” (tuman va shahar statistika boʻlimlarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) – 16 - 25 noyabr.

Barcha oʻquv kurslari maʼruza va amaliy darslardan hamda mustaqil taʼlim mashgʻulotlaridan iborat boʻladi.

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: