Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> Sentabr oyida tashkil etilgan oʻquv kurslari yakunlandi

Sentabr oyida tashkil etilgan oʻquv kurslari yakunlandi

Anʼanaviy va masofadan oʻqitish (onlayn) shaklida joriy yilning sentabr oyida tashkil etilgan oʻquv kurslarining yakunlangani toʻgʻrisida

    2020 yil 30 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika organlari xodimlarini 2021 yilda qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va oʻquv kurslarini oʻtkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida shu yilning sentabr oyida davlat statistika organlari xodimlari uchun tashkil etilgan quyidagi oʻquv kurslari yakunlandi:

    1. Masofaviy (onlayn) oʻqitish shaklida:

    - “Milliy hisoblar tizimi” (hududiy statistika boshqarmalarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) - 6 - 11 sentabr

    - “Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari” (hududiy statistika boshqarmalari boʻlim boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari uchun) - 6 - 15 sentabr;

    - “Tanlanma kuzatuv: nazariya, uslubiyot va amaliyot” (hududiy statistika boshqarmalarining yetakchi va birinchi toifali mutaxassislari uchun) - 6 - 18 sentabr.

    2. Anʼanaviy oʻqitish shaklida:

    - “Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi” (tuman va shahar statistika boʻlimlarining yangi ishga kirgan va AKT boʻyicha sertifikat va guvohnomaga ega boʻlmagan barcha toifadagi xodimlari uchun) - 16 - 29 sentabr;

    - “Iqtisodiy - statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” (Davlat statistika qoʻmitasining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) – 16 - 29 sentabr.

    Mazkur oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: