Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> Xronometraj jarayonining joylarda ijrosi

Xronometraj jarayonining joylarda ijrosi

     2021 yil 14 sentabr kuni institutning Iqtisodiy muammolar boʻyicha boʻlim boshligʻi G. Umarova, boʻlim bosh mutaxassisi  X.Nishanbayev, Ijtimoiy muammolar boʻlimi bosh mutaxassisi  N. Alimova hamda “Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Sh Jumaniyazov hamkorlikda Toshkent viloyati va tumanlarida xronometraj jarayoni qanday amal qilayotganligini oʻrganish boʻyicha joylarda amaliy safar uyushtirildi. Oʻrganish obʼekti boʻlgan barcha boʻlimlar oʻrganildi monitoring qilindi. Oʻrganish natijasida shu narsa maʼlum boʻldiki, aksariyat boʻlimlar belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida va toʻliqligicha ijrosini taʼminlab kelmoqda. Xususan, Xronometraj  boʻyicha “Ishbilarmonlik muxiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boʻlimi”, “Demografiya va mexnat statistikasi boʻlimi”, “Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi”,  “Narx statistika boʻlimi”, “Investitsiya va qurilish statistikasi boʻlimi” boʻlinmalarida.

     Monitoring  vaqtida xar bir boʻlinma oʻz vaqtida  xronometraj  jadvalini toʻldirilayotganligi bilan bir qatorda, ayrim boʻlimlarda maʼlumotlar xodim tomonidan oʻz vaqtida toʻldirilgan, Davlat statistika qoʻmitasining Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasiga yuborishda ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Ularga joyida bu tadbir butun tizimga xizmat qilishi, bunda birgina xato butun tizimga salbiy taʼsir koʻrsatishi alohida uqtirildi. Qayd etilgan kamchiliklar boshqa qaytarilmasligi boʻyicha boʻlim boshliqlariga qoʻshimcha topshiriq berilib, ular bevosita nazortga olishlari lozimligi alohida aytildi. 

     Shuni alohida qayd etish joizki, xronometraj jadvallarini toʻldirishda ayrim munozarali savollar ham boʻlib, ularga  joyida javob berildi.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: