Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> E ' L O N

E ' L O N

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 21 sentabrdagi 02-20/5347-son xatiga asosan 2022 yil uchun tayanch doktorantura va doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilikka quyidagi ixtisosliklar boʻyicha qabul eʼlon qiladi.


TAYANCH DOKTORANTURA VA DOKTORANTURAGA

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqish uchun)

 

08.00.06 -“Ekonometrika va statistika”

(PhD tayanch doktorantura uchun - 4 ta oʻrin).

08.00.14 –“Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari”

(PhD tayanch doktorantura uchun - 6 ta oʻrin).

 

08.00.06 -“Ekonometrika va statistika”

(DSc doktorantura uchun - 1 ta oʻrin).

08.00.14 –“Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari”

(DSc doktorantura uchun - 1 ta oʻrin).

 

08.00.06 -“Ekonometrika va statistika”

(stajyor tadqiqotchi - 1 ta oʻrin).

08.00.14 –“Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari”

(stajyor tadqiqotchi - 1 ta oʻrin).

 

Talab qilanadigan hujjatlar:

Tayanch doktoranturaga:

 

- ariza;

- qisqacha biografiya, maʼlumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

- oliy taʼlim muassasi magistraturasi diplomi, oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplomi nusxasi;

- nashr etilgan  ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek, ularning nusxalari  (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun disertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlgan ishlar taqdim etiladi).

 

Doktoranturaga:

- ariza;

- qisqacha biografiya, maʼlumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

- oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplomning nusxasi;

- tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun  tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasini mufassal loyihasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek, ularning nusxasi (fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishgan, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola xamda ilmiy amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlgan ishlar taqdim etiladi).

 

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA

 

08.00.06 -“Ekonometrika va statistika”,

08.00.14 -“Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari”.

 

Talab qilanadigan hujjatlar:

- qisqacha biografiya, maʼlumotnoma;

- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish va mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturi boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- ilmiy ishlar roʻyxati va ularning nusxalari;

- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish va mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD)  yoki  xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan  boshqa ilmiy darajalar diplomining nusxasi;

- ish joyidan tavsifnoma;

Hujjatlar 2022 yilning 15 oktabriga qadar qabul qilinadi.

Manzil: 100077, Toshkent sh., Mustakillik shoh koʻchasi 42-B uy. Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.

Maʼlumot uchun telefon: 71- 202-81-86, 71- 202-81-89, Alimova Nargiza.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: