Asosiy -> Янгиликлар -> Institut yangiliklari -> NAVBATDAGI SAYYOR OʻQUV QURSLARI BOShLAB YUBORILDI

NAVBATDAGI SAYYOR OʻQUV QURSLARI BOShLAB YUBORILDI

         Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan «Statistika asoslari» boʻyicha shartnoma asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari iqtisodchi xodimlari uchun Namangan shahrida shu yilning 30 iyun – 2 iyul kunlariga moʻljallangan qisqa muddatli sayyor oʻquv kursi boshlandi.

 

         Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ - 4796 -sonli qarori bilan tasdiqlangan (2 - ilova) “Yoʻl xaritasi”ning 84 - bandida Davlat statistika qoʻmitasiga davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining amaliy bilim va koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida, shartnoma asosida «Statistika asoslari» boʻyicha oʻqitishni yoʻlga qoʻyish vazifasi belgilangan.

       Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Davlat statistika qoʻmitasi va uning huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan joriy yilning yanvar - aprel oylari davomida bosqichma - bosqich barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, qoʻmitalar, agentliklar va markaziy muassasalar iqtisodchi xodimlari uchun shartnoma asosida «Statistika asoslari» boʻyicha malaka oshirish kursi tashkil etildi va muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

           Mazkur oʻquv kursini, shu yilning may oyidan boshlab, mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, ikkinchi bosqichda, Davlat statistika qoʻmitasi va Namangan viloyati hokimligining bevosita koʻmagida respublikamizning salohiyatli hududlaridan biri hisoblanadigan Namangan viloyatining barcha boʻgʻindagi hokimliklari va viloyat tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun, 30 iyun - 2 iyul kunlariga moʻljallangan sayyor kurs tarzida tashkil etildi va oʻtkazilmoqda.

          Oʻquv kursi mashgʻulotlari Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oʻquv rejasiga muvofiq va maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida oʻtkazilmoqda.

            Oʻz navbatida, kurs ishtirokchilari institut professor - oʻqituvchilari tomonidan elektron shaklda tayyorlangan maʼruza matnlari, taqdimot va tegishli tarqatma materiallari, shuningdek, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan 2020 yil yanvar – dekabr holatiga hududlar ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining dastlabki yakunlari boʻyicha tahliliy statistik maʼlumotlar bilan taʼminlanadi va kurs yakunida ularga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.

 

 

Oʻquv – uslubiy ishlar boʻlimi



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: