Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> Ananaviy oʻqitish shaklida shu yilning yanvar oyida tashkil etilgan malaka oshirish oʻquv kurslarining yakunlangani toʻgʻrisida

Ananaviy oʻqitish shaklida shu yilning yanvar oyida tashkil etilgan malaka oshirish oʻquv kurslarining yakunlangani toʻgʻrisida

2020 yil 30 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika organlari xodimlarini 2021 yilda qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va oʻquv kurslarini oʻtkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning yanvar oyida anʼanaviy oʻqitish shaklida tashkil etilgan quyidagi oʻquv kurslari yakunlandi:

- “Statistika asoslari” kursi (11 - 20 yanvar), hududiy statistika boshqarmalarining yetakchi va birinchi toifali mutaxassislari uchun;

- “Statistika asoslari” kursi (21 - 30 yanvar), tuman va shahar statistika boʻlimlarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun;

- “Uy xoʻjaliklarining tanlama kuzatuvini tashkil etish va oʻtkazish” (11 - 16 yanvar, 25 - 30 yanvar), hududiy statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlimlari mutaxassislari - intervyuyerlari uchun);

- “Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi” (11 - 23 yanvar), hududiy statistika boshqarmalarining yangi ishga kirgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha sertifikatga ega boʻlmagan va mazkur oʻquv kursini oʻtmagan barcha toifadagi xodimlari uchun.

Mazkur malaka oshirish oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berildi.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: