Asosiy -> Yangiliklar -> O`zbekiston yangiliklari -> MALAKAVIY IMTIHON TO‘G‘RISIDA E'LON

MALAKAVIY IMTIHON TO‘G‘RISIDA E'LON

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2016 yil 28 yanvardagi 220/2 - son qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 239/6-sonli qarori (Adliya vazirligida 2017 yil 23 iyunda 2764-1 raqami bilan roʻyxatga olingan) ijrosini taʼminlash maqsadida, Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti 08.00.06 -“Ekonometrika va statistika” va 08.00.14 - “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari boʻyicha malakaviy imtihon uchun hujjatlarni 2022 yil 31 yanvargacha qabul qiladi.

    Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” va 08.00.14 - “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari boʻyicha malakaviy imtihon 2022 yil 16 fevral kuni 1200 da oʻtkazadi.

    Talabgorlar uchun 2022 yil 15 fevral kuni soat 1200 da maslahat (konsultatsiya) mashgʻuloti oʻtkaziladi.

 

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” va 08.00.14 - “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari boʻyicha malakaviy imtihon topshiradigan tadqiqotchi (izlanuvchi)dan talab qilinadigan hujjatlar:


1.  Institut nomiga yoʻllanma xat;

2. Tadqiqotchidan malakaviy imtihon topshirish toʻgʻrisida institut direktori nomiga ariza;

3.  Tadqiqotchining pasporti nusxasi;

4.  Tadqiqotchining maʼlumotnomasi (obʼektivkasi);

5.  Tadqiqotchining maʼlumoti toʻgʻrisida diplom nusxalari;

6. Tadqiqotchining dissertatsiya mavzusi va unga rahbari tayinlanganligi toʻgʻrisida muassasa boʻyrugʻidan koʻchirma;

7. Tadqiqotchi dissertatsiya mavzusining OAK byulletenida eʼlon qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumot.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: