Asosiy -> Yangiliklar -> O`zbekiston yangiliklari -> Anʼanaviy va masofadan oʻqitish (onlayn) shaklida joriy yilning oktabr oyida tashkil etiladigan oʻquv kurslari toʻgʻrisid

Anʼanaviy va masofadan oʻqitish (onlayn) shaklida joriy yilning oktabr oyida tashkil etiladigan oʻquv kurslari toʻgʻrisid

2020 yil 30 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika organlari xodimlarini 2021 yilda qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va oʻquv kurslarini oʻtkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning oktabr oyida quyidagi oʻquv kurslari tashkil etiladi:

1. Masofaviy (onlayn) oʻqitish shaklida:

- “Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari” (tuman va shahar statistika boʻlimlarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) – 4 - 13 oktabr.

2. Anʼanaviy oʻqitish shaklida:

- “Iqtisodiy - statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” (tuman va shahar statistika boʻlimlarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) - 7 - 20 oktabr;

- “Tanlanma kuzatuv: nazariya, uslubiyot va amaliyot” (hududiy statistika boshqarmalarining yetakchi va birinchi toifali mutaxassislari uchun) - 13 - 26 oktabr;

- “Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi” (Davlat statistika qoʻmitasining AKT boʻyicha va hududiy statistika boshqarmalarining Dasturiy - texnik taʼminot va maʼlumotlarni saqlash markazlari xodimlari uchun) - 18 - 30 oktabr.

- “Milliy hisoblar tizimi” (Davlat statistika qoʻmitasining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) - 25 - 30 oktabr. 

Barcha oʻquv kurslari maʼruza va amaliy darslardan hamda mustaqil taʼlim mashgʻulotlaridan iborat boʻladi.

 

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: