Asosiy -> Yangiliklar -> O`zbekiston yangiliklari -> An’anaviy o‘qitish shaklida 2022 yilning aprel oyida tashkil etilgan o‘quv kurslarining yakunlagani to‘g‘risida

An’anaviy o‘qitish shaklida 2022 yilning aprel oyida tashkil etilgan o‘quv kurslarining yakunlagani to‘g‘risida

    2021 yil 20 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022 yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning aprel oyida davlat statistika organlari xodimlari uchun tashkil etilgan quyidagi o‘quv kurslari yakunlandi:

- “Tanlanma kuzatuv: nazariya, uslubiyot va amaliyot” (Davlat statistika  qo‘mitasining  birinchi toifali mutaxassislari uchun) - 2022 yil 11 - 22 aprel;

- “Zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt” (hududiy statistika boshqarmalarining yangi ishga kirgan, AKT bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lmagan va mazkur o‘quv kursini o‘tamagan xodimlari uchun) - 2022 yil 11 - 22 aprel;

-  “Milliy hisoblar tizimi” (hududiy statistika boshqarmalarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) - 2022 yil  25 - 30 aprel;

- “Statistik tahlilda amaliy – dasturiy paketlardan (“Statistika”, “SPSS”, “Ewiews”, “Stata”) foydalanish” (tuman va shahar statistika bo‘limlarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) -2022 yil 25 - 30 aprel.

Mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat berildi.

 

O’quv – uslubiy ishlar bo‘limi



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: