Asosiy -> Yangiliklar -> Qo`mita yangiliklari -> Anʼanaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2022 yilning may oyida tashkil etilgan o‘quv kurslarining yakunlagani to‘g‘risida

Anʼanaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2022 yilning may oyida tashkil etilgan o‘quv kurslarining yakunlagani to‘g‘risida

    2021 yil 20 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022 yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning may oyida davlat statistika organlari xodimlari uchun tashkil etilgan quyidagi o‘quv kurslari yakunlandi:

1. Masofaviy (onlayn) o‘qitish shaklida:

- “Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” – 5 – 31 may (qayta tayyorlash kursi, davom ettirilgan);

- “Statistika asoslari” (tuman va shahar statistika bo‘limlarining bosh va yetakchi  mutaxassislari uchun ) - 13 - 24 may.  

 

2. An'anaviy o`itish shaklida:

- “Zamonaviy axborot – kommunikatsiya  texnologiyalari  va  sunʼiy intellekt” (tuman va shahar statistika bo‘limlarining yangi ishga kirgan, AKT bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lmagan va mazkur o‘quv kursini o‘tamagan xodimlari uchun) - 2022 yil 10 - 21 may;

 -  “Iqtisodiy – statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” (Davlat statistika qo‘mitasining bosh va yetakchi  mutaxassislari uchun) - 2022 yil  16 - 27 may;

- “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar va ularning statistikada ifodalanishi” (tuman va shahar statistika bo‘limlari boshliqlari uchun) –  23 - 28 may;

- “Statistik tahlilda amaliy – dasturiy paketlardan (“Statistika”, “SPSS”, “Ewiews”, “Stata”)  foydalanish”  (tuman  va  shahar statistika bo‘limlarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) - 2022 yil 24 - 31 may.

Mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat berildi.

 

O‘quv – uslubiy ishlar bo‘limi



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: