Asosiy -> Yangiliklar -> Qo`mita yangiliklari -> 2022 - yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi

2022 - yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi

 “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022 - yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” tasdiqlandi


    Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan 2021 yil 20 dekabrda “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022 yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va uni amalga oshirish bo‘yicha “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022 yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvali” tasdiqlandi.

    Tasdiqlangan dasturga muvofiq, 2022 yilda quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladigan 11 ta o‘quv kursi bo‘yicha 1240 nafar davlat statistika tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish belgilangan:

    1. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning asosiy yo‘nalishlari va ularning statistikada ifodalanishiga doir 1 ta maxsus kursida - 106 nafar;

    2. Statistika sohasida xodimlarni qayta tayyorlash kursi bo‘yicha, 42 nafar;

    3. Xalqaro statistika tajribasiga asoslangan statistika nazariyasi va amaliyotiga oid ixtisoslashtirilgan 4 ta malaka oshirish kurslarida – 602 nafar;

    4. Zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan va amaliy – dasturiy paketlardan foydalanish hamda raqamli iqtisodiyot bo‘yicha ixtisoslashtirilgan 3 ta o‘quv kursida – 418 nafar;

    5. Davlat statistika organlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bo‘yicha 1 ta maxsus o‘quv kursida – 42 nafar;

    6. Kadrlar bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha 1 ta maxsus o‘quv kursida – 30 nafar.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: