Asosiy -> Yangiliklar -> Qo`mita yangiliklari -> Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida shu yilning 24-26-noyabr kunlari sayyor o'quv kurslari bo`lib o`tdi

Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida shu yilning 24-26-noyabr kunlari sayyor o'quv kurslari bo`lib o`tdi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi  “Oʻzbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi milliy statistikasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 84-bandini bajarish hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari haqidagi statistik maʼlumotlar sifatini yanada yaxshilash mahalliy davlat hokimiyati organlari va respublika tashkilotlari iqtisodchi xodimlarining “Statistika asoslari” oʻquv kursi boʻyicha amaliy bilimlarini oshirish maqsadida joriy yilning 24–26 noyabr kunlari Nukus shahrining Qoraqalpoq davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-oʻqitoʻvchilari institut direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gʻayibnazarov Baxodir Karimovich va katta oʻqituvchi Umarov Faxriddin Umarovichlar oʻquv mashgʻulotlarini olib bordilar.

    Oʻquv kursi doirasida Qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakultetining professor-oʻqituvchilari, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilar, magistrant va talabalari uchun ham davra suhbati oʻtkazildi.

    Asosan makroiqtisodiy tahlilda statistik koʻrsatkichlarning tahlili, milliy statistikani xalqaro statistikaga integratsiyasini amalga oshirish yuzasidan axborot berildi.

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: