Asosiy -> Yangiliklar -> Qo`mita yangiliklari -> Topshiriq ijro qilinmoqda!

Topshiriq ijro qilinmoqda!

     2021 yil 14 sentabr kuni institut direktorining ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar boʻyicha oʻrinbosari N.Xaydarov va Iqtisodiy muammolar boʻyicha statistika tadqiqotlari boʻlimi yetakchi mutaxassisi K.Jumanazarov institut direktorining 2021 yil 24 iyuldagi 36-sonli buyrugʻi hamda Davlat statistika qoʻmitasi raisi ning 2021 yil oltinchi avgustdagi xronometraj oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ijrosini oʻrganish yuzasidan Davlat statistika qoʻmitasiga tashrif qilishdi.

     Bundan asosiy koʻzlangan maqsad, boshqarmalar tasarrufidagi  boʻlimlar va boʻlim xodimlarining statistik nazorat (xronometraj) boʻyicha berilgan jadval maʼlumotlarini oʻz vaqtida va toʻliq rasmiylashtirilayotganligini oʻrganishdan iborat boʻlib, oʻrganish jarayonida qoʻmitaning “Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya” boshqarmasi boshligʻi D. Zakirov hamrohligida qoʻmitaning barcha boshqarmalari ishtirokida olib borilayotgan xronometraj ishlarining olib borilayotganligi koʻzdan kechirildi.

     Oʻrganish jarayonida shu narsa maʼlum boʻldiki, aksariyat jadvallar oʻz vaqtida toʻldirilmoqda. Xodimlar masʼuliyatni teran his etib, berilgan topshiriqga ijodiy yondoshmoqda. Xronometraj obʼektiga tushib qolgan ayrim xodimlarning rejali taʼtilga chiqishi, xizmat safariga ketishi yoki betob boʻlishi ayrim xodimlar ishini koʻpaytirishga olib kelayotganligi haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, nofunksional vazifalarni qanday rasmiylashtirish haqida ham savollar boʻldi. Savollar bilan birga, jarayonni yaxshilash uchun takliflar ham berildi. Bu xodimlarning berilgan topshiriq  ijrosini beparvolikka yoʻl qoʻymasdan ijro etayotganligidan dalolat. Berilgan savollarga shu joyning oʻzida javob berildi.

     Bir soʻz bilan aytadigan boʻlsak, Qoʻmita raisi tomonidan berilgan topshiriq ijrosi hozircha oʻz vaqtida taʼminlanmoqda.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: