Asosiy -> Yangiliklar -> Qo`mita yangiliklari -> Xronometraj jarayonlari amalda

Xronometraj jarayonlari amalda

     2021 yil 8 sentabr kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati va professor oʻqituvchilari, jumladan: N.Xaydarov, X.Nishanbayev, Sh.Djumaniyazovlar Xronometraj boʻyicha Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida xizmat safarida boʻlib kelishdi.

      U yerda har bir boʻlimdagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, muhokamalar oʻtkazildi. Oʻrganish jarayonida shu narsa maʼlum boʻldiki, xronometraj obʼekti boʻlgan Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi va viloyatdagi 5 ta tumanda jami 45 ta xodimning funksional ish faoliyatida vaqt meʼyorlari bilan bogʻliq ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

     Toʻplangan maʼlumotlar tizimli ravishda qoʻmitaga yuborilmoqda. Bugundan boshlab paxta mavsumi boshlanganligi ham ayon boʻldi. Bu oʻz navbatida, statistika tizimi xodimlarining nenormativ ish jarayolari kengayishiga olib kelishi maʼlum boʻldi. Shu yerning oʻzida ushbu holat xronometrajda qanday aks etishi haqida zarur maʼlumotlar ham berildi. Biroq, oʻrganish natijasida “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boʻlimi”da 12 korxona oylik hisobotini kiritish kodirovkasi yoʻqligi aniqlandi. Shu joyning oʻzida davlat statistika Qoʻmitasi bilan bogʻlanildi va bu muammo tez orada bartaraf etilishiga kelishildi. 

      Muxtasar qilib aytadigan boʻlsak, Sirdaryo viloyati va tumanlarida xronometraj boʻyicha olib borilayotgan ishlar qoniqari tashkil etilgan.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: