Asosiy -> Yangiliklar -> Qo`mita yangiliklari -> An’anaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2022 yilning may oyida tashkil etiladigan o‘quv kurslari to‘g‘risida

An’anaviy va masofadan o‘qitish (onlayn) shaklida 2022 yilning may oyida tashkil etiladigan o‘quv kurslari to‘g‘risida

    2021 yil 20 dekabrda tasdiqlangan “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022 yilda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning may oyida quyidagi o‘quv kurslari tashkil etiladi:

1. Masofaviy (onlayn) o‘qitish shaklida:

- “Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” – 5 – 31 may (qayta tayyorlash kursi, davom ettiriladi);

- “Statistika asoslari” (tuman va shahar statistika bo‘limlarining bosh va yetakchi  mutaxassislari uchun ) - 13 - 24 may.         

2. An’anaviy o‘qitish shaklida:

- “Zamonaviy axborot – kommunikatsiya  texnologiyalari  va  sun’iy intellekt” (tuman va shahar statistika bo‘limlarining yangi ishga kirgan, AKT bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lmagan va mazkur o‘quv kursini o‘tamagan xodimlari uchun) - 2022 yil 10 - 21 may;

-  “Iqtisodiy – statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” (Davlat statistika qo‘mitasining bosh va yetakchi  mutaxassislari uchun) - 2022 yil  16 - 27 may;

- “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar va ularning statistikada ifodalanishi(tuman va shahar statistika bo‘limlari boshliqlari uchun) –  23 - 28 may;

- “Statistik tahlilda amaliy – dasturiy paketlardan (“Statistika”, “SPSS”, “Ewiews”, “Stata”)  foydalanish”  (tuman  va  shahar statistika bo‘limlarining bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) -2022 yil 24 - 31 may.

 

 

O’quv – uslubiy ishlar bo‘limi

 



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: